Xudayev Ismayil Jumaqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Respublikaning janubiy mintaqasi sug‘oriladigan erlarida suv resurslaridan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari», 06.01.02- “Melioratsiya va sug‘orma dexqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.DSc/T450
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yakubov Murat Adilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti tarkibidagi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximdjon Karimovich –professor, texnika fanlari doktori, Sherov Anvar G‘ulomovich – professor, texnika fanlari doktori, Isashov Anvarjon - professor, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot – Toshkent Davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning janubiy xududlari sug‘oriladigan erlarida suv resurslari maxsuldorligini oshirish, cho‘kish, suffoziya, eroziya, ko‘chish va sho‘rlanishga moyil tuproqlar sharoitida suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari va texnikasi elementlarini ilmiy asoslash, ularni rayonlashtirish xamda suv tanqisligini salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida zovur suvlaridan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
suv resurslari taqchilligi va sug‘oriladigan erlar tuproqlarining degradatsiyasi, unumdorligini yo‘qotilishining asosiy sabablari va mikdoriy ko‘rsatkichlari asoslangan;
sug‘oriladigan erlarda cho‘kishga, suffoziyaga, eroziyaga va ko‘chishga moyil tuproqlar sharoitida samarali bo‘lgan konturli, diskret, namlatgich-bloklar, lokal xamda sho‘rlanishga moyil tuproqlarni inobatga olib tomchilatib sug‘orish texnologiyalari va sug‘orish texnikalari elementlari ishlab chiqilgan;
konturli, diskret, namlatgich-bloklar, lokal va tomchilatib sug‘orish texnologiyalari xamda sug‘orish texnikasi elementlarining tuproqni cho‘kishi, suffoziyasi, eroziyasi va ko‘chishiga ta’siri hamda suv resurslarining samaradorligiga, tuproq unumdorligiga va ekinlarning hosildorligiga ta’siri asoslangan;
takomillashgan, suv va resurs tejamkor sug‘orish texnologiyalarining rayonlashtirilishi amalga oshirilgan xamda suv tanqisligini salbiy oqibatlarini yumshatish asosida g‘o‘za etishtirishda zovur suvlaridan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
suv va resurs tejamkor, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ta’minlovchi takomillashtirilgan sug‘orish texnologiyalari xamda zovur suvlaridan g‘o‘zani sug‘orish texnologiyasining iqtisodiy samaradorliklari baxolangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamizning janubiy xududidagi tog‘oldi-adirli, tekislikli-cho‘l va cho‘l mintaqalaridagi sug‘oriladigan erlarida suv resurslari taqchilligi sharoitida sug‘orish suvining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
egatlab sug‘orishda cho‘kish, suffoziya va eroziya ro‘y berishi sharoitida sug‘orishning turli texnologiyalari Yakkabog‘ tumanidagi “Hisor”, ”Oydin” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8-fevraldagi № 04/20-463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida sug‘orish suvini 25-30 % ga tejash va g‘o‘za hosildorligini gektariga 5-6 sentnerga oshishiga erishilgan;
konturli, diskret (impul`sli) va lokal sug‘orish texnologiyalari Yakkabog‘ tumanidagi “Malika Xolmamat qizi” va “Bekzod Sattor bobo o‘g‘li” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8-fevraldagi № 04/20-463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tuproq cho‘kishini, suffoziyasini va eroziyasini 40–50 % ga kamaytirish, sug‘orish suvi sarfini 30 % gacha tejash, namlanish yuzasini oshirish va egat uzunligi bo‘yicha tuproqni tekis namlanishi va tashlama suvlarni yo‘qotish imkoniyati yaratilgan;
g‘o‘zani namlatgich-bloklar bilan sug‘orish texnologiyasi Koson tumanidagi “Sabri o‘g‘li Mustafo” nomli fermer xo‘jaligining 6 gektar sug‘oriladigan erlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8-fevraldagi № 04/20-463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligida mavsumiy sug‘orish me’yorini rejaga nisbatan 1300 m3/ga kamayishi va paxta hosilini gektariga 7,5 sentnerga oshishiga erishilgan;
bog‘larni tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llash texnologiyasi Buxoro tumani “Dilnoz o‘g‘li Abduxalil” fermer xo‘jaligi erlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8-fevraldagi № 04/20-463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada er ustidan an’anaviy sug‘orishga nisbatan loyqaligi 2,5-3 kg/m3 gacha bo‘lgan suv bilan sug‘orilganda sug‘orish suvi 40 % ga tejalishi va mineral o‘g‘itlar sarfi 50 % ga qisqarishi imkoni yaratilgan.
minerallashgan kollektor-zovur suvlaridan qo‘shimcha suv resursi zahirasi sifatida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda tuproqning mexanik tarkibini, sizot suvlari rejimi va dala nishabligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan sug‘orish texnikasi elementlari Nishon tumanidagi Abdulla Qodiriy nomli hamda “Paxtaobod” fermerlar uyushmasi dalalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil
8-fevraldagi № 04/20-463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish suvlarini 15 % gacha tejash imkoniyati yaratilgan;
suv taqchilligi davrida minerallashgan kollektor-zovur suvlaridan foydalanish texnologiyasi Koson tumanidagi “Eshmurodov Beknazar Juma bobo o‘g‘li” fermer xo‘jaligi erlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8-fevraldagi №04/20-463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Koson tumani fermer xo‘jaliklari dalalarida kollektor-zovur suvlarini qo‘shimcha suv manbai sifatida ishlatish natijasida daryo suvlarini 50 % ga iqtisod qilish imkoni yaratilgan.