Ro‘ziboev Sobir Boymirzaevichning
falsafa doktori dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmi xududlardan foydalanishni tashkil etishda er va ekin turlarini optimallashtirish” (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 06.01.10–Er tuzish, kadastr va er monitoringi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2030.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Babajanov Allabergan Ro‘zimovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Safarov Eshqobil Yo‘ldashevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent, Xamidov Fayzullo Ramazonovich.
Yetakchi tashkilot - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lalmi xududlardan foydalanishni tashkil etishda er va ekin turlarini optimallashtirish yuzasidan uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lalmi xududlarni iqlim sharoitlariga, havo harorati, yog‘ingarchilik miqdori va joylashganligiga mos keluvchi xorijiy davlatlarning shunday xududlardan foydalanish tajribalarini inobatga olib ekinlarni joylashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;
zamonaviy GAT dasturlarini qo‘llagan holda tog‘ mintaqasida joylashgan lalmi xududlarni aniqlash va maxsus daraxtzorlarni (pistazorlar, na’matak) yaratish orqali katta nishabliklarda lalmi erlardan foydalanish usuli takomillashtirilgan;
lalmi xududlardan foydalanishni tashkil etish bo‘yicha eksperimental xo‘jalikda er tuzish loyihasi  ishlab chiqilgan, tabiiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda er turlari tarkibi belgilangan va almashlab ekish sxemasi ishlab chiqilgan va asoslangan;
lalmi xududlardan foydalanishni tashkil etishda er tuzish loyihalarining tashkiliy-texnik mexanizmlari hisoblangan dalalarni joylashtirishning bozor talablariga mos ravishda takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Lalmi xududlardan foydalanishni tashkil etishda er va ekin turlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
lalmi erlarning iqlim sharoitlariga mos ravishda ekinlarni joylashtirish usuli Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga joriy etilgan (O‘zbekison Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 31avgustdagi 02/022-3608-son ma’lumotnomasi). Natijada lalmi er maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari xosildorligi oshishiga erishilgan;
tog‘ mintaqasida joylashgan lalmi erlarda daraxtzorlarni (pistazorlar) yaratish orqali katta nishabliklarda suv eroziyasini oldini olish va lalmi erlardan foydalanish uslubi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga joriy etilgan (O‘zbekison Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 31avgustdagi 02/022-3608-son ma’lumotnomasi). Natijada hududdagi lalmi er maydonlarida suv eroziyasiga uchrash ta’sirini 50% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
lalmi xududlarda er tuzish loyihasi va almashlab ekish tizimi Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekison Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 31 avgustdagi 02/022-3608-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi ekinlarining xususiyatlariga qarab lalmi erlar uchastkalarini to‘g‘ri tanlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish