Umarova Farida Saidikramovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modernizatsiya va o‘zbek etnotafakkuridagi yangilanish jarayonlari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal341.
Ilmiy rahbar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlar doktori, professor; Nazarov Nasriddin Atakulovich, falsafa fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari bilan o‘zbek etnotafakkuri o‘rtasidagi dialektik bog‘liqliklarni ijtimoiy-falsafiy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modernizatsiyaning vujudga kelishi jamiyat va inson tafakkuri, moddiy va ma’naviy ehtiyoj, innovatsiya va novatsiya natijasi, ijtimoiy borliqni anglash hamda jamiyat taraqqiyotining mavjud mexanizmlarini yangilash zaruriyatini ifoda etuvchi alohida fenomen ekani ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslangan; 
modernizatsiya jarayonlarining siyosiy ongga xos bo‘lgan legitimlik,  tizimliylik, o‘zgaruvchanlik mohiyati, iqtisodiy tafakkurga  moslashuvchanlik va bozor iqtisodiyotini keng targ‘ib etayotgan liberal-demokratik g‘oya sifatidagi ma’naviy-madaniy hayotga akseologik va prakseologik ta’siri ochib berilgan;  
etnotafakkur va modernizatsiya o‘rtasidagi tarixiy va falsafiy jihatdan dialektik aloqalar aniqlanib, etnotafakkurdagi yangilanishlar  dunyoni sezish, idrok etish, tushunish bilan bog‘liqligi hamda siyosiy madaniyat va siyosiy amaliyot birgalikda siyosiy tafakkurni shakllantiruvchi etnopsixologik ta’sir  mahsuli ekanligi ochib berilgan; 
yoshlarning zamonaviy etnotafakkuridagi yangilanishlarning globallashuv jarayonidagi ijtimoiy ahamiyati, milliy taraqqiyot strategiyasiga muvofiq ro‘y berayotgan o‘zgarishlar etnotafakkurdagi ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning ilmiy-texnik va qadriyatlarga oid voqelik ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modernizatsiya va o‘zbek etnotafakkuridagi yangilanish jarayonlari tadqiqoti natijasi asosida:
modernizatsiyaning vujudga kelishi jamiyat va inson tafakkuri, moddiy va ma’naviy ehtiyoj, innovatsiya va novatsiya natijasi,  ijtimoiy borliqni anglash hamda jamiyat taraqqiyotining mavjud mexanizmlarini yangilash zaruriyatini ifoda etuvchi alohida fenomen ekanligiga oid takliflardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan hududiy partiya tashkilotlari miqyosida o‘tkazilgan seminar, davra suhbatlari, xususan, mahallalarda tashkil etilgan «Deputat mahallada», «Har bir oila – tadbirkor», «Besh tashabbus – besh imkon», «Erta nikohning oldini olish – dolzarb vazifa» nomli tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 31 martdagi 2-137-son ma’lumotnomasi). Natijada, modernizatsiya sharoitida fuqarolarning jamiyat yangilanishi jarayonlarini to‘g‘ri anglashiga imkon yaratgan; 
modernizatsiya jarayonlarining siyosiy ongga xos bo‘lgan legitimlik,  tizimliylik, o‘zgaruvchanlik mohiyati, iqtisodiy tafakkurga  moslashuvchanlik va bozor iqtisodiyotini keng targ‘ib etayotgan liberal-demokratik g‘oya sifatidagi, ma’naviy-madaniy hayotga akseologik va prakseologik ta’siriga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Prezident maktablari, Ijod maktablarida o‘tkazilgan «Yuksak parvoz zavqi» mavzusidagi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 26 maydagi 02/08-598-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, milliy ongni yuksaltirish, aholining osoyishta va obod turmushini ta’minlashga, shuningdek, fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida umuminsoniy va demokratik qadriyatlarni ifoda etuvchi yangi ma’naviy qadriyatlar tizimi yuzaga kelishini chuqur monitoring qilishga xizmat qilgan;
etnotafakkur va modernizatsiya o‘rtasidagi tarixiy va falsafiy jihatdan dialektik aloqalar aniqlanib, etnotafakkurdagi yangilanishlar  dunyoni sezish, idrok etish, tushunish bilan bog‘liqligi hamda siyosiy madaniyat va siyosiy amaliyot birgalikda siyosiy tafakkurni shakllantiruvchi etnopsixologik ta’sir  mahsuli ekanligiga oid takliflardan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlari, xususan, mahallalarda tashkil etilgan  «Ijtimoiy soha rivoji – aholi farovonligining asosi!» nomli tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 21 apreldagi 01-01/127-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat hissini rivojlantirish imkonini bergan;
O‘zbektonda yoshlarning zamonaviy etnotafakkuridagi yangilanishlarning globallashuv jarayonidagi ijtimoiy ahamiyati, milliy taraqqiyot strategiyasiga muvofiq ro‘y berayotgan o‘zgarishlar etnotafakkurdagi ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning ilmiy-texnik va qadriyatlarga oid voqelik ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» teleradiokanalining «Hayot haqiqatlari» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 30 martdagi 03-03-165-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning o‘z  ma’naviy olamini anglashi, o‘zbek xalqi etnotafakkuridagi yangilanish jarayonlarining mohiyatini tushunishi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda faol qatnashishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish