Sultanov Akbar Anvardjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni boshqarish samaradorligini oshirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt75.

Ilmiy rahbar: Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillash­tirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishning diversifikatsiyalash strategiyalarini joriy etishning aktivlar va resurslar manbalarini oldindan belgilash imkonini beruvchi tashkiliy-iqtisodiy kuchlarning strategik balansi usuli ishlab chiqilgan;

mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlari assortimentini kengaytirishga qaratilgan to‘qimachilik sanoati korxonalarini diversifikatsiya qilish salohiyatini oshirish modeli ishlab chiqilgan;

to‘qimachilik korxonalarida yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish amaliyotiga diversifikatsiya strategiyalarini tatbiq etish usullari ishlab chiqilgan;

boshqaruvning tashkiliy tuzilishi doirasida to‘qimachilik sanoati korxonalarini diversifikatsiya qilishning korporativ, ishbilarmonlik va funksional strategiyasi bo‘yicha takliflar asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni boshqarishni  takomillash­tirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxonalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 fevraldagi PQ–2495-sonli «Hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2016 yil 31 maydagi  ISh-3-0/20-8-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish hududiy tarmoq korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash faoliyatini rivojlantirish variantlarini ishlab chiqish va uning hududdagi korxonalar faoliyatiga ta’sir etishi korxonalarning yakuniy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga baho berishga imkon bergan;

to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash jarayonlarini strategik boshqarishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash usulari hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga strategik menejment usullarini tatbiq etish asosida boshqaruvning tashkiliy darajalari doirasida to‘qimachilik korxonasini diversifikatsiya qilishning strategik chora-tadbirlarini belgilash yo‘llari «O‘zbekengilsanoat» AJ amaliyotiga joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2016 yil 5 apreldagi TS-12-999-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy ishlanmaning joriy etilishi «O‘zbekengilsanoat» AJda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga zamin yaratgan;

mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar assortimentini kengaytirishga qaratilgan sanoat korxonalarini diversifikatsiya qilish salohiyatini oshirish samaradorligini tahlil qilishda korrelyasion-regression usullardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi amaliyotida qo‘llanilgan («O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasining 2016 yil 10 iyundagi ShSh2-/481-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy ishlanmaning joriy qilinishi «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasiga qo‘shimcha 132,8 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish va mahsulot assortimentini kengaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish