Raxmatov Ulug‘xo‘ja Nusratullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Buxoro-Xiva paleorifti markaziy grabenining geologik tuzilishi, termogeokimyoviy rejimi va neft`-gazga istiqbolligi», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/GM110.
Ilmiy rahbar: Dolgopolov Feliks Genadievich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Bogdanov Aleksandr Nikolaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Boyqobilov Ibrohim Toshpulatovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geologik-razvedka ishlarining keyingi yo‘nalishlarini aniqlash uchun Buxoro-Xiva paleorifti markaziy grabenining geologik tuzilishini, termogeokimyoviy rejimini hamda neft`-gaz istiqbollarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro-Xiva paleorift Markaziy cho‘kmasining o‘rta qismidagi uglevodorod konlarini Uchbosh-Pamuk maydonlarining uyg‘unlashuvida saqlanishini ta’minlovchi cho‘kindi-vulkanogen rift majmuasining kuchsiz dislokatsiyalangan xududi isbotlangan;
cho‘kindi-vulkanogen rift kompleksining qisqartirilgan va to‘liq turlari Buxoro-Xiva paleorift Markaziy cho‘kmasining kuchsiz dislokatsiyalangan xududi chegarasida tashkil topgan bo‘lib, ularning birinchisi Shimoliy yonbag‘ir qismi bilan chegaralanadi, ikkinchisi esa Ispanli-Chandir ko‘tarilmasi, Qorako‘l va Kushob egikliklari chegaralarida aniqlangan;
faol GTOU kanallari xududlarida Buxoro-Xiva paleorift Markaziy cho‘kmasining kuchsiz dislokatsiyalangan xududini neft` va gaz yaratish imkoniyatlarini yuqoriligi aniqlangan;
neft` va gazga istiqbolli tuzilmalar sifatida cho‘kindi-vulkanogen rift majmuasi kesimining qisqartirilgan va to‘liq turlari bilan neft` va gazga istiqbolli lokal antiformalarni birlashtirgan Uchbosh-Toyqir-G‘arbiy-Chuqurko‘l va Bozorboy-Chandir-G‘arbiy-Ko‘kcha chegaralarida ishlab chiqilgan;
Uchbosh-Toyqir-G‘arbiy-Chuqurko‘l va Bozorboy-Chandir-G‘arbiy-Ko‘kcha pleylar chegara xududlarida geologik-razvedka ishlari davomida yuzaga keladigan ekologik xavflarni minimallashtirish va me’yoriy xujjatlarga rioya qilish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro-Xiva paleoriftining markaziy grabenining geologik tuzilishi va neft`-gaz istiqbollarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qayd qilingan maydonlarda elektrorazvedka MTZ usuli bilan olingan ma’lumotlar asosida zohiriy qarshiliklar xaritalari va ID-inversiya kesmalari tuzish «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 07-31-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritalar qidiruv ishlarining samaradorligini oshishiga va Buxoro-Xiva paleorifti markaziy grabeni maydonida neft va gaz uyumlarini aniq konturlash imkonini bergan;
tuzilgan xaritalar va kesmalardan foydalanib maydonni geoelektrik chegaralarining korrelyasiyasi xamda stratsifikatsiyasi «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 07-31-son ma’lumotnomasi). Natijada, geoelektrik parametrlar asosida 1:50000 masshtabli xaritalar va kesmalarni tuzish va ularni geologik jihatdan izohlash imkonini bergan;
Ispanli-Chandir ko‘tarilmasi xududida MOGT 3D seysmorazvedka ishlarini o‘tkazish tavsiyasi «O‘zbekgeofizika» AJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2021 yil 06 oktyabrdagi 07-31-son ma’lumotnomasi). Natijada, maydonning geologik tuzilishini va neft-gazga istiqbolli strukturalarni izlab topish xamda ularni chuqur burg‘ilashga tayyorlash bo‘yicha yangi ma’lumotlar Ispanli-Chandir ko‘tarilmasi chegaralarida bajariladigan 3D seysmorazvedka ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan.