Ashirov Mansur Allanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Immobillangan amido qora va sul`farsazen organik reagentlari yordamida Pb(II) va Hg(II) ionlarini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usulini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K177.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Kutlimurotova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immobillangan amido qora va sul`farsazen organik reagentlari yordamida qo‘rg‘oshin (II) va simob (II) ionlarini atrof- muhit ob’ektlari tarkibidan aniqlashning sorbsion-spektroskopik usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PPD-1 va PPA-1 tolalarga amido qora va sul`farsazen reagentlarini immobillash jarayonida moddalar tarkibidagi analitik faol sul`fo- guruh va tolalardagi amid- guruhlari hisobiga borishi aniqlangan;
mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan poliakrilonitrilni polietilenpoliaminli modifikatsiyaga 4- ((4- (3- (2-arsano-4-nitrofenil) triaz-2-enil) fenil) diazenil) benzensul`fonat natriy (SAA) ni, polietilenpoliaminni dixloretanli modifikatsiyasiga 4-amino-5-gidroksi-3-((E)-(4-nitrofenil) diazenil)-6-((E)-fenildiazenil) naftalin-2,7-disul`fanat natriy (AQ) ni immobillanish mexanizmi va maqbul sharoitlari topilgan;
qo‘rg‘oshin (II) va simob (II) ionlarini immobillangan amido qora va sul`farsazen bilan hosil qilgan komplekslarining mol nisbatlari (1:1) ekanligi va barqarorlik konstantalari Pb2+ Kbar = 1.39•107 va Hg2+ Kbar=1,33•107 aniqlangan;
qo‘rg‘oshin (II) va simob (II) ionlarini aniqlash uchun immobillangan amido qora va sul`farsazen organik reagentlardan foydalanib sorbsion-spektroskopik usul ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sorbsion-spektroskopik usul yordamida tabiiy sharoitda qo‘rg‘oshin (II) va simob (II) ionlarining kichik miqdorlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘rg‘oshin (II) va simob (II) ionlarining immobillangan amido qora va sul`farsazen organik reagentlari yordamida suvli muhitlarda sorbsion-spektroskopik aniqlash usuli «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning 2021 yil 19 iyuldagi 01-8/5296-son ma’lumotnomasi). Natijada, ruda va shlamlarni qayta ishlashda qo‘rg‘oshin (II) va simob (II) ionlarni aniqlash sezgirligi va ekspressligini oshirish imkonini bergan;
simob (II) ionlarini ajratib olish usuli «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy etilgan. («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2021 yil 23 iyuldagi 727/GK-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlar tarkibida toksik metallarning, ayniqsa simobni ekspress aniqlash imkonini bergan.