Nurqulov Eldor Nurmuminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida olovbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2247.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Xasan Soybnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida olovbardosh qavariqlanuvchi kompozit materiallar tarkibini yaratish, ularni iqtisodiy va ekologik samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida olovbardosh qavariqlanuvchi kompozit materiallar olish uchun bor, azot, fosfor va metall saqlagan polifosfat ammoniy, melaminformal`degid, melamin, borat kislota va karbamid asosidagi adduktlar yordamida oligomer antipirenlarning yangi tarkiblari ishlab chiqilgan;
olingan 103, 104, 103-MF, NA-3, A-17 va 36-A markali oligomer antipirenlar hamda ushbu antipirenlar asosida olingan E-67-1, E-67-2 va E-24 markali olovbardosh qavariqlanuvchi qoplamalar bilan ishlov berishning optimal konsentratsiyalari yog‘och materiallarga 15-20%, to‘qimachilik materiallarga 10-12%, polimer materiallarga 30% hamda olovbardosh qavariqlanuvchi qoplamalarga 25% gacha bo‘lishi aniqlangan;
103, 104, 103-MF, NA-3, A-17 va 36-A markali oligomer antipirenlar hamda ushbu antipirenlar asosida olingan E-67-1, E-67-2 va E-24 markali olovbardosh qavariqlanuvchi qoplamalar bilan ishlov berilgan materiallarni yong‘inbardoshliligiga ko‘ra I-guruhiga mansubligi hamda olovbardosh qavariqlanuvchi qoplamalarning issiqlik o‘tkazuvchanligi va ushbu jarayonlarni vaqtga bog‘liqligi 4 (60-min) gruppaga mansubligi aniqlangan.
oligomer antipirenlar va qavariqlanuvchi olovbardosh kompozit materiallar olishning energiya va resurs tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda ularni iqtisodiy va ekologik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yonuvchan materiallar olovbardoshligini oshiruvchi fosfor, azot, bor va metall guruhli oligomerlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fosfor, azot, bor va metall saqlagan oligomer antipiren va qavariqlanuvchi kompozit tarkiblar “Shurtangaz kimyo majmuasi” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“Shurtangaz kimyo majmuasi” MChJning 2021 yil 2 iyuldagi 001/3230-son ma’lumotnomasi) Natijada, fosfor, azot, bor va metall saqlagan oligomer antipirenlar asosida qavariqlanuvchi kompozitlarning optimal tarkibini ishlab chiqish imkonini bergan;
yonuvchan materiallarni yong‘indan himoyalash maqsadida yaratilgan fosfor, azot, bor va metall saqlagan oligomer antipiren va qavariqlanuvchi kompozit tarkiblarni olish texnologiyasi “Shurtangaz kimyo majmuasi” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“Shurtangaz kimyo majmuasi” MChJning 2021 yil 2 iyuldagi 001/3230-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli oligomer antipiren va qavariqlanuvchi kompozitlarni mahalliy mahsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan.