Fayzullaev Ulug‘bek Tursunboevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori sinf o‘quvchilarini biznes faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart–sharoitlarini takomillashtirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.2PhD/Ped2506.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik–texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xudoyberdiev Zayniddin Yavkochevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf o‘quvchilarini biznes faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni biznes faoliyatiga tayyorlashning edukologik xususiyatlari tadbirkorlikka doir kompetensiyalar klasteri, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalarini ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
norasmiy ta’lim sharoitida o‘quvchi-yoshlarni kichik biznesga tayyorlashning algoritmik bosqichlari klasterli (Yoshlar Agentligi, oila, ta’lim muassasasi kooperatsiyasi), gender (o‘g‘il va qiz bolalar uchun ahamiyatlilik darajasi), kompetensiyaviy (tadbirkorlik, tashabbuskorlik, erudisiya) yondashuvlarning funksional aloqadorligini konsentrli strukturalash asosida aniqlashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini biznes faoliyatiga tayyorlash modelining natijaviy-baholashga doir komponenti motivatsion, ijodiy mezonlarning tadbirkorlik sifatlari va biznes bilan bog‘liq nazariy bilimlarni egallaganlik, biznesni tashkil eta olish hamda hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlik, ishbilarmonlik sifatlarining qaror topishi, mustaqil biznes faoliyatini olib borishga tayyorlik kabi taksonomik ko‘rsatkichlar bilan validlik darajasi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni biznes faoliyatiga tayyorlashning interaktiv pedagogik shart-sharoitlari muammoli-izlanishli, assesment, vaziyatlar tahlili, ishbilarmonlik o‘yinlari, o‘quv loyihalariga asoslangan yuqori sinf o‘quvchilarini biznes faoliyatiga tayyorlashga doir kouch-trening dasturlari asosida “Qadriyatga yo‘nalganlikni aniqlash”, “Qarorlar qabul qilish”, “Kelishuv va ziddiyat”, “Mulohaza, sabab, misol va umumlashtirish” kabi intensiv metodikalarni optimal qo‘llashga yo‘naltirilgan biznes ta’limini tashkil etish mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilarini biznes faoliyatiga tayyorlashga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarni biznes faoliyatiga tayyorlashning edukologik xususiyatlarini tadbirkorlikka doir kompetensiyalar klasteri, muvaffaqiyatga erishish motvatsiyasining internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalarini ekzogen va endogen omillar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish, norasmiy ta’lim sharoitida o‘quvchi-yoshlarni kichik biznesga tayyorlashning algoritmik bosqichlarini klasterli, gender, kompetensiyaviy yondashuvlarning funksional aloqadorligini konsentrli strukturalash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Moliyaviy savodxonlik” o‘quv kursining o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika Ta’lim markazining 2021 yil 21 oktyabrdagi 01/11-02/02-1499-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni biznes faoliyatiga tayyorlashda ularning moliyaviy savodxonligini oshirishning didaktik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarini biznes faoliyatiga tayyorlash modelining natijaviy-baholashga doir komponentini motivatsion, kognitiv, ijodiy mezonlarning tadbirkorlik sifatlari va biznes bilan bog‘liq nazariy bilimlarni egallaganlik, biznesni tashkil eta olish hamda hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlik, ishbilarmonlik sifatlarining qaror topishi, mustaqil biznes faoliyatini olib borishga tayyorlik kabi taksonomik ko‘rsatkichlar bilan validlik darajasi produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 iyuldagi “2017-2018 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinf o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash, ularni qisqa muddatda nashrga tayyorlash, chop etish va ta’lim muassasalariga etkazib berilishini ta’minlash to‘g‘risida”gi 803-F-son farmoyishiga asosan, “Tadbirkorlik asoslari” darsligini yaratishda foydalanilgan (Respublika Ta’lim markazining  2021 yil 21 oktyabrdagi 01/11-02/02-1499-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarning tadbirkorlikka doir bilimlarini oshirish, biznes savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni biznes faoliyatiga tayyorlashning interaktiv pedagogik shart-sharoitlarini muammoli-izlanishli, assesment, vaziyatlar tahlili, ishbilarmonlik o‘yinlari, o‘quv loyihalariga asoslangan yuqori sinf o‘quvchilarini biznes faoliyatiga tayyorlashga doir kouch-trening dasturlari asosida “Qadriyatga yo‘nalganlikni aniqlash”, “Qarorlar qabul qilish”, “Kelishuv va ziddiyat”, “Mulohaza, sabab, misol va umumlashtirish” kabi intensiv metodikalarni optimal qo‘llashga yo‘naltirilgan biznes ta’limini tashkil etish mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Maktab-tadbirkor” hamkorligi g‘oyasi asosida “Muvaffaqiyat siri nimada deb o‘ylaysiz?” mavzusidagi suhbat-muloqotlar uyushtirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 29 noyabrdagi 11/05-15-10031-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarni biznesga tayyorlashning hamkorlikka asoslangan pedagogik mexanizmini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish