Turekeev Quanishbek Jienbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoqlarning hozirgi kundagi an’anaviy e’tiqodlari va tasavvurlari», 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar373.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Zemfira Ibragimovna, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Seydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Tleubergenova Navbaxor Abdukarimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoqlarning hozirgi kundagi diniy e’tiqodlari va tasavvurlari majmuini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpoqlarning an’anaviy e’tiqodiy qarashlari umumturkiy madaniyat ta’sirida shakllanganligi, ijtimoiy hayotdagi urf-odat va marosimlar (chilla, xosiyatli kun (sәtli kun), is chiqarish (iyis shig‘ario‘), beshik to‘y (besik toy), bet ochar (bet ashar), davra solish (dәo‘ir aylandirio‘), qirq, yuz kunlik, yil oshi kabi)da xalq qarashlari asosida qadimiy e’tiqodlar bilan islomiy qarashlarni o‘zaro sinkretlashuvi uchrashi aniqlangan;
Qoraqalpoqlarning turmush tarzida nomadik madaniyatning asrlar davomidagi ustuvor ta’siri asosida ajdodlar kul`tining tarqalish areali kengayganligi hamda uzoq davr mobaynida barqaror saqlanib qolganligi, madaniy vorisiylik asosida ajdodlardan-avlodlarga o‘tib, qadimgi e’tiqod izlarining o‘ziga xos konservativ ko‘rinishlari sifatida namoyon bo‘lganligi ochib berilgan;
zamonaviy qoraqalpoqlarning marosimiy hayotida magik tasavvurlar oilaning farovon hayoti, uzoq umr, yosh avlodning tarbiyasi, avlodlarning davomiyligini ta’minlash, yoshlarning baxtli hayot kechirishiga zamin yaratish kabi maqsadlarga qaratilganligi, etnik stereotiplar hamda islomiy an’analar bilan uyg‘unlashganligi ochib berilgan;
islomiy an’analar zamonaviy qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayotida ma’naviy-axloqiy hayotning markeri sifatida islomiy nikoh (nekeden өtio‘) bolaga ism berish (nәrestege at qoyio‘), dafn va ta’ziya marosimlari hamda diniy bayramlar qa’tiy o‘rin tutishi etnografik materiallar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoqlarning zamonaviy e’tiqod va tasavvurlarini o‘rganish jarayonida ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
hozirgi kunda qoraqalpoq ayollari turmush tarzida e’tiqodiy qarashlar va diniy an’analarning o‘rni hamda uning zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-A1-G004 «Qoraqalpoqlar tasavvurida ayol siymosi: etnologik tadqiqot» mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 02 iyuldagi 153/1-son xati). Mazkur ilmiy ish natijalarining qo‘llanilishi ayollar ishtirokida o‘tkaziluvchi udumlar va ularning islomgacha bo‘lgan e’tiqodlar bilan bog‘liq an’ana va marosimlarni yoritishda ilmiy asos vazifasini bajargan;
qadimgi diniy e’tiqodlarning reliktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida mavzuviy ko‘rgazmalar va ekskursion leksiyalarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2021 yil 03 noyabrdagi 420-son xati). Qoraqalpoqlarning an’anaviy diniy qarashlariga oid natijalari kelajak avlod uchun madaniy merosni saqlab qolish va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish ishida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
qoraqalpoqlarning farzand tug‘ilishi, chaqaloqqa ism tanlash, chilla davri bilan bog‘liq rasm-rusumlar, bolaning dastlabki qadamlari, soch va sunnat to‘yi bilan bog‘liq an’anaviy va islomiy qadriyatlar kabi masalalariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Ekspediciya» nomli ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 dekabrdagi 02-40-1208-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, qoraqalpoq xalqi madaniyati, an’anaviy marosim va urf-odatlarini keng jamoatchilikka etkazishda muhim ahamiyatga ega.