Tosheva Gulnora Djuraevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak mutaxassislarni amaliy o‘qitish asosida dizaynerlik faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Kasb ta’limi. Engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped692.    
Ilmiy rahbar: Axmetjanov Mansur Maxmudovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti,  DSs.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Karimova Nozima Nurmuxammadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni amaliy o‘qitish asosida dizaynerlik faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida faoliyatli va integrativ yondashuvlar hamda ko‘rgazmalilik va amaliy yo‘nalganlik tamoyillari asosida bo‘lajak mutaxassislarni o‘qitish orqali dizaynerlik faoliyatiga tayyorlashning motivatsion, refleksiv, kognitiv va kreativ-faoliyatli kabi tashkiliy komponentlari mantiqiy uzviyligi, malakaviy qamrovi va shakllantirish ketma-ketligi dizaynerlik kasbiga oid kompetensiyalar majmui nuqtai nazaridan kasbiy (yetakchi va tayanch) darajalangan;
engil sanoat sohasining maqsadli-mazmunli, tashkiliy-jarayonli va natijaviy xususiyatlarga ustuvorlik berish va bo‘lajak mutaxassislarni amaliy o‘qitishga mo‘ljallangan  “Sketchbook”, “Kelajak dizayneri” va “Design Thinking” kabi interfaol metodlarni majmuaviy va ijodiy yondashuvlar asosida ishlab chiqish orqali dizaynerlik faoliyatiga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni dizaynerlik faoliyatga tayyorlashda o‘quv, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini o‘z ichiga oluvchi axborot-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish orqali kasbiy muvofiqlik, turli-tumanlik va nostandartlik kabi pedagogik talablarini ta’minlash asosida mustaqil ta’lim topshiriqlar tizimi (diskursiv savollar, variativ keyslar va tadqiqiy-ijodiy testlar) takomillashtirilgan; 
dizaynerlik faoliyatining fazoviy fikrlash, originallik, intellektuallik va divergentlik kabi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish va yaxlitlash asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarinining kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchan va kreativ) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak mutaxassislarni amaliy o‘qitish asosida dizaynerlik faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019–2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-90-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogik turkum fanlarini o‘qitishga qaratilgan hammualliflikda “Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-90-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
5111000 - Kasb ta’limi ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi qo‘shimcha fanlar blokiga “Kiyim dizaynida innovatsion texnologiyalar” nomli maxsus kursi kiritilgan hamda uning mazmuni fanlararo integratsiya asosida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-90-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni amaliy o‘qitish asosida dizaynerlik faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga  xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish