Jo‘raev Muzaffarjon Mansurjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’limda fanlararo uzviylikni ta’minlash asosida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirish metodikasi (“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2133.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi professional ta’lim jarayonida fanlararo uzviylikni ta’minlash asosida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim jarayonida o‘quvchilar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning mazmuni motivatsion, kognitiv, integrativ yondashuvlar hamda fanlararo uzviylik shakllarini (mavzular, boblar, bo‘limlar, fanlararo majmuaviy) joriy etish orqali uzluksizlik, tizimlilik, innovatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining axborot-kommunikatsion, loyihalash, konstruksiyalash kabi maxsus kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti, ta’limning interfaol texnologiyalari (“Case study”, “Blended learning”, “Classic couple strategy”)ni integrativ qo‘llash mexanizmlari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mutaxassislikka xos kasbiy sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga imkon beruvchi integrativ o‘quv-uslubiy materiallar, kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlash mexanizmi miqdor va sifat aspektlarida mezonli indikatorlar (motivatsion-adaptiv, kognetiv-yo‘naltirilgan, integrativ-kreativ) asosida optimallashtirilgan;
uzluksizlik va fanlararo uzviylikni ta’minlash orqali kasb-hunar maktabi va kollej o‘quvchilari kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning metodik tizimiga asoslangan tashkiliy-tuzilmaviy model – uzluksizlik, tizimlilik, innovatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish hamda o‘quv jarayoniga “Case study”, “Blended learning”, “Classic couple strategy” metodlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim jarayonida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini umumkasbiy fanlar bilan fanlararo uzviylikda o‘qitish asosida olingan tadqiqotlar natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhda a’zo sifatida faol ishtirok etilgan, sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda dissertatsiyaning birinchi ilmiy yangiligidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 29 oktyabrdagi 03-950-son ma’lumotnomasi). Natijada “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan har bir ta’lim turi uchun konsepsiya va alohida o‘quv dasturlarini tayyorlashda xizmat qilgan.
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni modeli va axborot-kommunikatsion, loyihalash, konstruksiyalash kabi zaruriy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning o‘quv-metodik ta’minoti o‘qitishning interfaol texnologiyalari (“Case study”, “Blended learning”, “Classic couple strategy”)ni integrativ qo‘llash orqali takomillashtirilgan va ta’lim jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 09802-son guvohnomasi). Natijada mazkur metodik ta’minot va natijalar globallashuv sharoitida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘iga asosan, me’yoriy va uslubiy hujjatlar, zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘quv fanining fanlararo uzviylik asososida takomillashtirilgan o‘quv dasturi, “Multimediali interaktiv ma’ruzalarni yaratish texnologiyasi prezi.com saytida online taqdimotlar yaratish metodikasi” nomli o‘quv-metodik qo‘llanma, amaliy test topshiriqlari, o‘quvchilarning mutaxassislikka xos sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga imkon beruvchi integrativ o‘quv-uslubiy materiallar, kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlash mexanizmlari Sirdaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi professional ta’lim muassasalarida joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021 yil 29 oktyabrdagi 03-950-son ma’lumotnomasi). Natijada kasb-hunar maktablari va kollej o‘quvchilarining kasbiy tayyorgarligi oshirishga va sifatinini takomillashtirishga xizmat qilgan.