Razikov Odil Taxirdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon-Oloy kamari oltin-nodir metalli va nodir metalli ma’danlashuvining metallogeniyasi (O‘zbekiston)», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/GM48
Ilmiy maslahatchi: Akbarov Xabibulla Asatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Nurxodjaev Anvarbek Karaxodjaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Antonov Aleksandr Evgen`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy geoaxborot tizim (GAT) texnologiyalari va modellashtirish asosida oltin va nodir metall ma’danlashuvning shakllanish qonuniyatlari va joylanish sharoitlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’danlashuvning magmatik hosilalarni pul`satsion ta’siridan ko‘p bosqichda shaklanishi asoslangan hamda ma’danli magmatik tizimlar va ularning qamrovchi tog‘ jinslari bilan aloqadorligini genetik modeli ishlab chiqilgan;
ma’dandor eritmalarning tarkibi aniqlangan va ma’danlashuvni joylanish sharoitlari to‘g‘risidagi fizik-kimyoviy ma’lumotlar olingan;
tajribalar orqali skarn-ma’danli konlar uchun ma’danlashuvning joylashuvi, neytralga yaqin kuchsiz nordon sharoitlarda xlorit-sul`fatli eritmalarini yuqori faolligi chog‘ida sodir bo‘lishi aniqlangan;
qidiruv-baholash mezonlarining o‘ziga xos komplekslari ajratilgan, Zarafshon-Oloy metallogenik kamari oltin va nodir metalli ma’danlashuviga lokal bashorat qilingan va istiqbolli uchastkalarni ajratish maqsadida ularga kompyuterda statistik ishlov berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zarafshon-Oloy kamarining oltin va nodir metalli ma’danlashuvi metallogeniyasi bo‘yicha
olingan ilmiy natijalar asosida:
ma’danli eritmalarning aniqlangan tarkibi va ma’danlar hamda qamrovchi tog‘ jinslarining joylashish shart-sharolitlari to‘g‘risidagi ba’zi fizik-kimyoviy ma’lumotlar «Urankamyobmetgeologiya» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 02/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon-Oloy metallogenik kamarida ma’dan hosil bo‘lish jarayonlarini tavsiflash imkonini bergan;
Zarafshon-Oloy metallogenik kamari ma’danli foydali qazilmalar maydonlarining (oltin, simob, kamyob er elementlari) 1:200000 miqyosdagi bashoratlash-istiqbolli maydonlar xaritasi «Urankamyobmetgeologiya» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 02/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodir, oltin-nodir metalli, kamyob er metalli konlarni aniqlashda geologik-qidiruv ishlarini olib borishga oid izlash ishlarini kengaytirish imkonini bergan;
oltin-nodir metall va uran ma’danlashuvining litologik, magmatik, strukturaviy-tektonik, mineralogik-geokimyoviy, termobarogeokimyoviy va boshqa qidiruv-baholash mezonlarining o‘ziga xos komplekslari «Urankamyobmetgeologiya» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 02/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va ko‘paytirish davlat dasturiga kiritilgan ob’ektlarni yanada oqilona tanlashga imkon bergan;
yirik miqyosli (yagona koordinata tizimiga bog‘langan) kosmik tasvirlardan foydalangan holda dastlabki batafsil geostrukturaviy xaritalash ishlarini olib borish bo‘yicha tavsiyalar «Urankamyobmetgeologiya» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 02/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, strukturaning tafsilotlarini echib berish, shuningdek, istiqbolli maydonlarda burg‘ilash quduqlarini o‘rnini belgilash imkonini bergan;
Chaqilkalon-Qoratepa, Zirabuloq-Ziyovuddin va Quljuktov ma’dandor komplekslarning baholangan metalloganik salohiyati «Urankamyobmetgeologiya» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 02/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon-Oloy metallogenik kamarining ma’danli foydali qazilmalarga oid (oltin, nodir, kamyob er metallar va boshqa elementlar) mineral-xomashyo bazasini kengaytirish imkonini bergan.