Moyliev Ma’rufjon Shodmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Bukantov oltin ma’danlarining moddiy tarkibi, joylashuv xususiyatlari va qidiruv belgilari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/GM95.
Ilmiy rahbar: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Tangirov Abdimutal Isomiddinovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bukantov tog‘ining markaziy qismidagi Boztov, Jelsoy va Qasqirtov istiqbolli maydonlarida tarqalgan oltin ma’danlashuvining moddiy tarkibini va joylashuv xususiyatlarini aniqlash asosida qidiruv baholash belgilari majmuasini ishlab chiqish va istiqbolli maydonlarni ajratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Bukantovning istiqbolli Boztov, Jelsoy, Qasqirtov maydonlaridagi oltin ma’danlari tarkibida bir qator yangi minerallar aniqlangan;
oltin ma’danlarining tabiiy turlari ajratilgan, ularning mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va foydali komponentlarning uchrash shakllari aniqlangan;
oltin va hamroh elementlarning turli xil ma’dan turlarida tarqalish xususiyatlari ochib berilgan va ularning madanlashuvga indikatorlik ahamiyati asoslangan;
ilk bor Markaziy Bukantovdagi Boztov, Jelsoy va Qasqirtov maydonlaridagi oltin ma’dan tanalari darzli strukturalarning tektonik to‘lqinlanish zonalarida joylashganligi aniqlangan;
yashirin oltin ma’danlarini izlashning mineralogik-geokimyoviy va geologik-strukturaviy qidirish belgilari ishlab chiqilgan va ular asosida istiqbolli maydonlar ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy Bukantovning shimoliy – g‘arbiy qismidagi oltin ma’danlarining joylashuv xususiyatlari va qidiruv belgilari majmuasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oltin ma’danlashuvining mahsuldor mineral assotsiatsiyalari, ularning tipomorf xususiyatlari bo‘yicha xulosalar «Regionalgeologiya» DUK amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 23 sentyabrdagi 02/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’danlarning moddiy tarkibini va texnologik xossalarini aniqlash imkonini bergan;
asosiy va hamroh elementlarning tarqalish xususiyatlari «Regionalgeologiya» DUK amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 23 sentyabrdagi 02/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltin ma’danlashuvi jadalroq bo‘lgan uchastkalarni ajratishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
oltin ma’danlashuvining qidiruv-baholash belgilari majmuasi «Regionalgeologiya» DUK amaliyotiga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 23 sentyabrdagi 02/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Qasqirtov va G‘arbiy Boztov oltin ma’danlashuviga istiqbolli maydonlarni aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish