Sharipova Lobar Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rux nitratining bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K298.
Ilmiy rahbar: Azizov Toxir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Xasanov Shodlik Bekpo‘latovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rux nitratining ayrim amidlar, nikotin va benzoy kislotalari bilan bir turli va aralash ligandli kompleks birikmalarini sintez qilish hamda ularning tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rux nitratining ayrim kislota amidlari, nikotin va benzoy kislotalar bilan 37 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
rentgenfazaviy va energiya-dispersion tahlillari, mass-spektrometriya, IQ- va 1N YaMR -spektroskopiya usullari yordamida sintez qilingan yangi birikmalarning individualligi hamda organik ligandlarning rux ioniga koordinatsiyalanishuvi isbotlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarning termik barqarorligi va termoliz mahsulotlari differensial termik tahlil yordamida aniqlangan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ligandlar va sintez qilingan kompleks birikmalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlarda zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyati aniqlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarning biologik faolligi asosida qishloq xo‘jaligida etishtiriladigan g‘o‘za o‘simligini o‘stiruvchi va hosildorligini oshiruvchi stimulyatorlik xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Rux nitratining bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalarini mexanokimyoviy usulda sintezi, tuzilishi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[ZnL3∙L6∙(NO3)2]∙2H2O tarkibli preparat Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani «Tojinor ota» va «Ismoiljon Isroiljon» fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida hamda Umumiy va noorganik kimyo instituti Agrokimyo laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi 02/025-2926-son ma’lumotnomasi). Natijada, chigitning unib chiqishini 3-5 kunga tezlashtirish, paxtaning ochilishini 6-9 kunga qiskartirish, hosildorlik gektariga 5-7% ga oshirish imkonini bergan;
rux nitratining bir turli va aralash ligandli koordinatsion birikmalarining elektron va biologik xossalaridan №FA-F7-010 "Nanostrukturali fojazit tipidagi seolitlar panjarasi yuzasida ion-molekulyar klasterlarni energetikasi, tuzilishi va joylashishi" mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 24 noyabrdagi 4/1255-2610-son ma’lumotnomasi). Natijada, kalorimetrik usul bilan differensial termik analiz (DTA) usullarini o‘zaro taqqoslash orqali ion-molekulyar komplekslarning xossalarini aniqlash imkonini bergan.