Xojamkulova Yulduzoy Jaxonkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sholining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli suv qalinliklarining ta’siri (Toshkent viloyati o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx41.
Ilmiy rahbar: Xodjakulov To‘raqul Xodjakulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Ibroximjon Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; O‘razmetov Qaxramon Karimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida sholidan yuqori va sifatli hosil etishtirishda navlarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli suv qalinliklarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining o‘tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida sholining ertapishar “Guljahon”, o‘rtapishar “Ilg‘or”, “Iskandar”, kechpishar “Mustaqillik”, “Lazurniy”, “UzROS-7/13” navlarining maqbul suv (15 sm) qalinlikda sug‘orish ilmiy jixtdan isbotlangan;
sholining ertapishar “Guljahon”, o‘rtapishar “Ilg‘or”, “Iskandar”, kechpishar “Mustaqillik”, “Lazurniy”, “UzROS-7/13” navlarining maqbul sug‘orish me’yorlari (16000 m3, 18500 m3, 21500 m3) aniqlangan;
ilmiy jihatdan asoslangan suv qalinligi sholi navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi (75,4 s/ga) va uning sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
sholini parvarishlashda suv tejovchi, suv qalinligi va yuqori iqtisodiy samadorligi (68,2%) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sholining yangi rayonlashgan (ertapishar “Guljahon”, o‘rtapishar “Ilg‘or”, “Iskandar” kechpishar “Mustaqillik”, “Lazurniy”, “UzROS-7/13”) navlarining o‘sib, rivojlanishi va hosildorligiga turli suv qalinliklarining ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sholichilikka ixtisoslashgan fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun “Sholi etishtirishda suvdan samarali foydalanishga oid tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 may № 02/021-2296-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sholichilik fermer xo‘jaliklarida foydalanilmoqda.
sholining ertapishar “Guljahon”, o‘rtapishar “Iskandar”, “Ilg‘or”, kechpishar “Lazurniy”, “Mustaqillik” navlarini etishtirishning eng maqbul agrotexnologik tadbirlari Toshkent viloyati Bekobod tumani “Umida marjona fayz” fermer xo‘jaligida 64 ga, Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida tajriba uchastkasida 120 ga, Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialida 72,9 ga, Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Qumtepa bulog‘i” fermer xo‘jaligida esa 39,5 ga jami 296,4 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29-maydagi №02/021-2296-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sholining ertapishar “Guljahon” navi (66,1 s/ga) da suv qalinligi 15 sm (16800 m3/ga), 20 sm bo‘lganda (18300 m3/ga) nazorat variantga nisbatan gektaridan 1500 m3/ga suv tejalib, bunda 3,1 s/ga qo‘shimcha sholi hosili olingan hamda suv sarfini tejash evaziga 5876,5 ming so‘m foyda olinib, rentabellik darajasi 33,8 foizni tashkil etgan. Sholining o‘rtapishar “Iskandar” navi (76,4 s/ga) 15 sm suv qalinligi bo‘lganda (16800 m3/ga) nazoratdagi 20 sm bo‘lgan (19950 m3/ga) variantga nisbatan har gektaridan 3150 m3/ga suv tejalgan va buning evaziga 7120,0 ming so‘m foyda olingan hamda 3,8 s/ga qo‘shimcha sholi hosil olinib, 37,0 foiz rentabellikka erishilgan. Sholining kechpishar “Lazurniy” navi (77,5 s/ga) ni parvarishlanganda suv qalinligi 15 sm bo‘lganda (18500 m3/ga) nazorat 20 sm bo‘lgan (21500 m3/ga) variantga nisbatan har gektaridan 4,1 sentner qo‘shimcha sholi hosili olinib, 3000 m3/ga suv tejalgan. Suv sarfini tejash evaziga 7284,2 ming so‘m/ga foyda olinib, rentabellik darajasi 37,4 foizni tashkil etgan. Sholining kechpishar “Mustaqillik” navi (73,2 s/ga) parvarishlanganda suv qalinligi 15 sm bo‘lganda (19050 m3/ga) nazorat 20 sm (21500 m3/ga) variantga nisbatan har gektaridan 2450 m3/ga suv tejalib, bunda 4,09 s/ga qo‘shimcha sholi hosili etishtirilgan va suv sarfini tejash evaziga 7255,8 ming so‘m foyda olinib, bunda rentabellik darajasi 42,2 foizni tashkil etgan.