Mamadiyorov Farxod Doniyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar xossalariga organik o‘g‘itlar, dukkakli don va em-xashak ekinlarning ta’siri (Qashqadaryo viloyati sharoitida)”, 06.01.03 - Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx556.
Ilmiy rahbar: Gafurova Laziza Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Zakirova Sanoatxon Xomdomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatida tarqalgan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar xossalariga organik o‘g‘itlar qo‘llash, dukkakli ekinlarni ekishning ta’sirini aniqlash orqali tuproqlarning agrofizikaviy xossalarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda kuzgi bug‘doyga xamkor ekin sifatida beda ekish hamda uning ko‘k massani siderat qilish natijasida tuproqlarning agrofizikaviy xossalariga ijobiy ta’siri – hajm og‘irligini kamayishi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi, namligi va oziqa moddalar miqdorlarining ortishi asoslangan;
organik o‘g‘itlar hamda don va dukkakli ekinlarni resurstejamkor usulda ekish va siderat sifatida tuproqqa kiritish tuproq xossalariga ijobiy ta’siri etib agrokimyoviy (gumus, NPK) ko‘rsatgichlari 5,5-46,9 - foizgacha ortishi aniqlangan.
tuproqlarning agrofizikaviy (hajm og‘irligi, g‘ovakligi va suv o‘tkazuvchanligi kabi) xossalari bilan kuzgi bug‘doy don hosildorligi hamda hosil sifati o‘rtasida korellyasion bog‘liqlik aniqlangan;
organik o‘g‘itlar tayyorlash, qo‘llash hamda dukkakli ekinlar ekish va ularning ko‘k massasini siderat sifatida tuproqqa qo‘llashga doir agrotadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati sharoitida sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar xossalariga organik o‘g‘itlar, dukkakli don va em-xashak ekinlarining ta’sirining ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kuzgi bug‘doy ekish tizimida, tuproq unumdorlik xossalarini yaxshilashda, organik o‘g‘itlar tayyorlab qo‘llash, dukkakli em-xashak ekinlarni ekish va ularning ko‘k massasini tuproqqa kiritish agrotadbirlari» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilib qishloq xo‘jalik amaliyotiga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi 02/021-67-son ma’lumotnomasi) Natijada, ushbu tavsiyalar respublikaning barcha viloyatlari qishloq xo‘jaligi boshqarmalari hamda g‘allachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar xossalarini yaxshilashda organik o‘g‘itlar qo‘llash, dukkakli ekinlar ekish va siderat qilish agrotadbirlar ishlab chiqilib, DDEITI Qashqadaryo filiali Qarshi agrouchastkasida 15 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi 02/021-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning haydalma qatlamida, tuproqning hajm og‘irligi 0,08 g/sm3 ga kamayganligi, tuproqning g‘ovakligi 2,9 foizga, suv o‘tkazuvchanligi 83 m3/ga, gumus miqdori 0,021foizga, umumiy azot miqdori 0,003 foizga, azotning harakatchan shakli (N – NO3) 2,3 mg/kg ga, harakatchan fosfor (P2O5) miqdori 3,8 mg/kg ga, almashinuvchan kaliy (K2O) miqdori 15,7 mg/kg ga ortgan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar xossalarini yaxshilashda organik o‘g‘itlarni qo‘llash, dukkakli ekinlar ekish va siderat qilish agrotadbirlari ishlab chiqilib, Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanidagi «Istiqbol Nishonasi» fermer xo‘jaligida 24 gektar, «Qirquloch Iftixori» fermer xo‘jaligida 18 gektarda, jami 42 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi 02/021-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doydan 57,4 s/ga don va bedadan 35,2 s/ga pichan etishtirish hamda tadqiqotning 3-yilida esa kuzgi bug‘doydan 70,8 s/ga hosil olishga erishilgan.
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar xossalarini yaxshilashda organik o‘g‘itlarni qo‘llash, dukkakli ekinlar ekish va siderat qilish agrotadbirlari ishlab chiqilib, DDEITI Qashqadaryo filiali Qarshi agrouchastkasida 15 gektar, Nishon tumanidagi «Istiqbol Nishonasi» fermer xo‘jaligida 24 gektar, «Qirquloch Iftixori» fermer xo‘jaligida 18 gektarda, jami 57 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi 02/021-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rta hisobda bir gektar kuzgi bug‘doy etishtirishga sarflangan harajatlar 6,3 mln. so‘m, sof daromad 2,2 mln. so‘mni, rentabellik darajasi 35,1 foizni tashkil etgan.