Xamzaev Dilaver Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu262.
Ilmiy rahbar: O‘rozaliev Murod Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh prokuratura Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Sindarov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Fayziev Shoxrud Farmonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida davlat organlarining idoralararo hamkorligini mustahkamlash, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan halqaro hamkorlikni kengaytirish, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish masalalarini qonunchilikda mustahkamlash zarurati asoslangan;
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) va Bazel` boshqaruv instituti tavsiyalari hamda bir qator xorijiy mamlakatlarning (Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya) ilg‘or tajribasi asosida kripto-aktivlar aylanmasi ustidan ichki nazoratni o‘rnatish va shubhali operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilish mexanizmini joriy qilish zarurati asoslantirib berilgan;
parallel moliyaviy tergovni amalga oshirishda samarali idoralararo hamkorlikni ta’minlash maqsadida moliyaviy tergov o‘tkazish tartibini hamda transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorlik masalalarini alohida idoraviy hujjat bilan huquqiy tartibga solish zarurligi asoslangan;
tadqiq qilinayotgan sohadagi xalqaro standartlar talablari, shuningdek, ilg‘or xorijiy amaliyot (AQSh, Isroil, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar) asosida transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun ixtisoslashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari doirasida maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat organlarining idoralararo hamkorligini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni, shu jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish masalalarini transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilash to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyundagi PF–6252 Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasining asosiy vazifalarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 12-18-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi Strategiyaning “Yo‘l xaritasi”da aks etgan, transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining samaradorligini oshirishning ustuvor chora-tadbirlarini aniqlashga xizmat qilgan;
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF) va Bazel` boshqaruv instituti tavsiyalari asosida hamda bir qator xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi asosida kripto-aktivlar aylanmasi ustidan nazorat o‘rnatilishi zarurligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 660-II-sonli Qonunning 12-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2021 yil 8 oktyabrdagi 06/1-11/1102-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi maxsus vakolatli davlat organidan mazkur yo‘nalishda mavjud shubhali operatsiyalar haqida ma’lumot olish orqali kripto-aktivlardan foydalanib sodir etilgan transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
parallel moliyaviy tergovni amalga oshirishda samarali idoralararo hamkorlikni ta’minlash maqsadida moliyaviy tergov o‘tkazish tartibini hamda transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorlik masalalarini alohida idoraviy hujjat bilan huquqiy tartibga solish to‘g‘risidagi takliflardan prokuratura, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari ishtirokida qabul qilingan “Tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini amalga oshirish jarayonida jinoiy faoliyatning moliyaviy jihatlarini o‘rganish tartibi to‘g‘risida”gi Qo‘shma ko‘rsatmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 15 noyabrdagi 30/16-21-98-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi transmilliy moliyaviy jinoyatlarni tergov qilishda har bir vakolatli organning rolini aniq belgilashga xizmat qilgan;
tadqiq qilinayotgan sohadagi xalqaro standartlar talablari, shuningdek, ilg‘or xorijiy amaliyot (AQSh, Isroil, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar) asosida transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun ixtisoslashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari doirasida maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish zarurligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyundagi PF–6252 Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 27–29-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 12-18-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirilishiga hamda ushbu sohada mavjud huquqiy amaliyot sifatining oshishiga ko‘maklashadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish