Sulaymonov Otabek Abdushukirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqqanot (Aleyrodidae) bioekologiyasi va biotsenozda xo‘jayin-entomofag munosabatlarining shakllanishi», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2017.2.PhD/Qx73.

Ilmiy rahbar: Kimsanboev Xo‘jamurod Xamraqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Xodjaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor;  Bobobekov Qalandar Bobobekovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: biotsenozda oqqanot turlarining populyasiyasi, tarqalishi va xo‘jayin-entomofag munosabatlarining shakllanish jarayoni,  oqqanotning entomofag tur tarkibi, ularning miqdorini boshqarishda  biologik kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor oqqanot turlarining (Trialeurodes yaporariorum Westw, Bemisia tabaci Gennadius) biologik xususiyatlari ekin turlari bo‘yicha populyasiyalarining farqlanishi aniqlangan;

oqqanot turlari uchun samarali yirtqich va parazit entomofag turlarining tur tarkibi sistematik jihatdan aniqlangan;

biotsenozda entomofag-xo‘jayin munosabatlarining shakllanishi, ularning populyasiyasi zichligining o‘zgarishida tashqi omillarning ta’siri isbotlangan;

respublikamizda oqqanot miqdorini boshqarish maqsadida yirtqich kanalarning Amblyseius swirskii Ath. turlari introduksiya qilingan, ularni ko‘paytirish va qo‘llash uslublari yaratilgan;

oqqanotga qarshi entomofaglarni qo‘llashda biologik ko‘rsatkichlari asoslangan va oqqanotning pestisidlarga nisbatan chidamlilik darajasi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Oqqanot (Aleyrodidae) bioekologiyasi va biotsenozda xo‘jayin-entomofag muvozanatining shakllanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

oqqanot turlariga qarshi entomofaglardan enkarziya, yirtqich kanalar, makrolofus turlari agrobiotsenozlarda zararkunanda miqdorini boshqarish usullari ishlab chiqarishga joriy etilgan  (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 3 oktyabrdagi 02/20-1215-son ma’lumotnomasi). Natijada oqqanot turlariga nisbatan parazit-entomofagning biologik samaradorligi 70,6-83,0 foizni tashkil etgan;

oqqanotning karantin turlarining turli populyasiyalarda tarqalishi, ekologiyasi va ekinlarni zararlash darajalari bo‘yicha ma’lumotlar o‘simliklar karantini sohasiga joriy etilgan (O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining 2017 yil 16 oktyabrdagi 50-04-792-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida karantin ob’ekt hisoblangan sitrus oqqanotini tarqalishini cheklash va sitrus ekinlar agrotsenozini zararlashini 65-70 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish