Amirova Toyiraxon Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Matolarni kimyoviy tarkibiga ko‘ra sinflash (oqsil matolar misolida)», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K441.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjon Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Isakov Xayatillo, texnika fanlari doktori, dotsent; Karabaeva Ra’no Botirovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut ipak qurti pillasidan olingan tolalarni kimyoviy tarkibi va xossalarini aniqlash, pilla chiqindilaridan yangi matolar hamda ularni kimyoviy tarkibi asosida TIF TN qoidalari bo‘yicha sinflab, ularga yangi kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
induksion-bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usulida ipak va jun namunalari tarkibida 26 makro va mikroelementning miqdori aniqlangan;
ipak va jun namunalari tarkibida 17 asosiy aminokislotalar mavjudligi va ularning miqdori isbotlangan;
ipak va jun namunalari hamda ipak matolarining spektral ko‘rsatkichlari tavsiflangan;
o‘simlik manbalaridan tabiiy bo‘yoqlar olindi hamda ipak va jun namunalarini turli ranglarga bo‘yash xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor tabiiy xomashyodan oqilona foydalanish maqsadida tut ipak qurti pillasi chiqindi mahsulotlaridan ipak matosi olish usuli ishlab chiqilgan;
“DURONA” deb nomlangan “KUSTARNIY ShELK” va “ODDONKA” nomli yangi ishlab chiqilgan ipak matolari kimyoviy tarkibi bo‘yicha TIF TN
qoidalari asosida sinflanib, ularga yangi tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Matolarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tut ipak qurti pillasi chiqindilari asosida tayyorlangan «DURONA» (Kustarniy shelk) va “ODDONKA” nomli yangi ipak matolari Marg‘ilon shahridagi “YODGORLIK” MChJ fabrikasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 12 noyabrdagi 4-2/1785-son ma’lumotnomasi). Natijada, tut ipak qurti pillasi chiqindilarini qayta ishlab ipak matolari olish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yaratilgan
yangi ipak matolari “DURONA” (Kustarniy shelk) uchun 5007 20 410 2 va “ODDONKA” uchun 5007 20 410 9 yangi kod raqamlari Davlat bojxona qo‘mitasining “«2022 yilda amaliyotga joriy etish ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 27 noyabrdagi 1/16-310-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import bo‘layotgan ipak matosi mahsulotlariga ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.