Xoliqova Ruxsora Sanjarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini klaster asosida rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmlari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt887.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Toshkent davlat Trasnport Universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy rahbar: Kosimov Saidakmal Saidaxrolovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar:Tursunxodjaev Marat Lutfullaevichiqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupataxovichiqtisodiyot fanlari doktori, professor.    
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati nstituti
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini klaster asosida rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta-to‘qimachilik klasteri atamasi boshqa xo‘jalik sub’ektlari bilan hamkorlik asosida chuqur qayta ishlash jarayonini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish majmua ekanligini hamda paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatiga oid tartib-qoidalar sohaga oid ishlab chiqarish quvvatlari va aktivlarni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarini kreditlash samaradorligini oshirishda kredit muddatini bir yildan ikki yilga hamda foiz stavkasini olti foizga kamaytirishning (16%dan 10%ga) iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatining samaradorligini baholash uslubiyoti tashqi iqtisodiy faoliyat va moliyaviy barqarorlik yondashuviga asoslangan holda yuz ballik shkala bo‘yicha takomillashtirilgan;
ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchi kuchining natijadorligini oshirish negizida “Bukhara Cotton Textile Cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyatni 2022-2024 yillarda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Paxta-to‘qimachilik klasterining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasteri atamasini boshqa xo‘jalik sub’ektlari bilan hamkorlik asosida chuqur qayta ishlash jarayonini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish majmua ekanligini hamda paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatiga oid tartib-qoidalarni sohaga oid ishlab chiqarish quvvatlari va zarur bo‘ladigan aktivlarni kiritishni e’tiborga olgan holda takomillashtish bo‘yicha takliflardan "Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom" ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari Uyushmasining 2021 yil 27 maydagi 01/22-111-son, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 02/034-1450-son, «Textile Technologies Group» MChJ ning 2020 yil 2 oktyabrdagi 03/1645-1450-son ma’lumotnomalari). Natijada paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatida yuzaga keladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar takomillashtirilgan holda ular faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarini kreditlash samaradorligini oshirishda kredit muddatini oshirish va foiz stavkasini olti foizga kamaytirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari Uyushmasi tomonidan qabul qilinib, «Boyovut Techno Cluster» va «Bukhara Cotton Textile Cluster» MChJ  faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari Uyushmasining 2021 yil 27 maydagi 01/22-111-son, «Boyovut Techno Cluster» MChJning 2020 yil 20 noyabrdagi 02-22/1717-2130-son, «Bukhara Cotton Textile Cluster» MChJning 2021 yil 20 fevraldagi 01-89/2240-189-son ma’lumotnomalari). Takliflardan foydalanish natijasida mazkur paxta-to‘qimachilik klasterlarida 2020 yilda foyda 2019 yilga nisbatan mos ravishda  2,3%, va 3.1% ga o‘sishiga, kredit foizini pasaytirish hisobiga tejalgan mablag‘larni infratuzilma inshootlarini ta’mirlashga yo‘naltirish imkoniyati yaratilgan;
paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatining samaradorligini baholash uslubiyotini tashqi iqtisodiy faoliyat va moliyaviy barqarorlik yondashuviga ko‘ra yuz ballik shkala asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari Uyushmasi tomonidan klasterlar faoliyatini monitoring qilish jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari Uyushmasining 2021 yil 27 maydagi 01/22-111-son ma’lumotnomasi). Ushbu yondashuvdan foydalanish natijasida yuqori samaradorlik ko‘rsatkich-lariga ega bo‘lgan 28 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari aniqlanib, barcha klasterlar faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqishga uslubiy asos yaratilgan;
ishlab chiqarishda band bo‘lgan ish kuchining natijadorligini oshirish negizida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari «Bukhara Cotton Textile Cluster» MChJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari Uyushmasining 2021 yil 27 maydagi 01/22-111-son, «Bukhara Cotton Textile Cluster» MChJ 2021 yil 20 fevraldagi 01-89/2240-189-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar natijasida ishchi kuchidan samaradali foydalanish negizida ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlarini oshirish imkon yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish