Ravshanova Maxfurat Murod qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaponiya va O‘zbekiston xalqlari milliy identikligining falsafiy-komparativ tahlili», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal305.
Ilmiy rahbar: Izzetova Emine Mustafaevna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yaponiya va O‘zbekiston xalqlari milliy identikligining mohiyati va xususiyatlarini tarixiy-falsafiy yondashuv prizmasi orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-tarixiy, madaniy dinamika va milliy o‘z-o‘zini anglashning identiklik genezisiga falsafa, din, urf-odat, til va milliy bayramlarning ta’siri ochib berilib, milliy identiklik mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qilishi falsafiy jihatdan dalillangan;
Yaponiya va O‘zbekistonning milliy identiklik modellarida etnogenez, ong va milliy o‘zlik bosqichlarining o‘zaro dialektik bog‘liqligi isbotlanib, ushbu modellardagi kollektivizm, paternalizm kabi umumiy hamda etnik, milliy mafkura, geografik va diniy omillar kabi xususiy jihatlari aniqlangan;
milliy identiklikning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati va tuzilishining tarixiy, sotsiomadaniy, konseptual (kognitiv, attityud, konativ) asoslari, primordializmning ma’lum bir etnik guruh va o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadigan millatga mansubligi, konstruktivizmning etnik sun’iy konstrukt sifatidagi ahamiyati, instrumentalizmning situatsion, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatlari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
«Sharq-Sharq» muloqoti formatida milliy identiklik inqirozini bartaraf etishda diniy va madaniy an’analar o‘rtasidagi farqli jihatlar hamda bag‘rikenglik, hurmat, insonparvarlik kabi fazilatlarni ulug‘lashdagi o‘xshash jihatlar milliy identiklikka xos vorisiylik va falsafiy tafakkur taraqqiyoti mahsuli ekanligi aksiologik, ma’naviy-marifiy, mafkurafiy, tarixiy-falsafiy omillar orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yaponiya va O‘zbekiston xalqlarining milliy identikligining o‘ziga xosligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy-tarixiy, madaniy dinamika va milliy o‘z-o‘zini anglashning milliy identiklik genezisiga falsafa, din, urf-odat, til va milliy bayramlarning ta’siri ochib berilgan, milliy identiklik mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning muhim omili ekanligiga oid natija va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi faoliyatida foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 02-19/3572-son ma’lumotnomasi). Natijada yapon partnyorlar, xususan, olimlar, talabalar va aholining boshqa qatlamlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, vazirlik tomonidan qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan;
Yaponiya va O‘zbekiston xalqlari tajribasida «Sharq – Sharq» muloqot formatida milliy identiklik inqirozini bartaraf etish vositalariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbek-Yapon markazi tomonidan o‘tkazilgan «Yaponiya va O‘zbekiston xalqlarining madaniyati, urf-odatlari va an’analari» seminari doirasida foydalanilgan (O‘zbek-Yapon markazining 2021 yil 18 maydagi 50-son ma’lumotnomasi). Natijalar ëshlarda milliy identiklikning «Sharq-Sharq» muloqot formatidagi va uning rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarni boyitish imkonini bergan;
Yaponiya va O‘zbekistonning milliy identiklik modellarida umumiy va o‘ziga xos bosqichlar, etnogenez va milliy identiklik darajalarining dialektikasiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan «O‘zbekiston» telekanalining «Bedorlik», «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon» nomli radioeshittirishlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 8 iyundagi 04-25-981-son ma’lumotnomasi). Natijalar radiotinglovchilarda yapon va o‘zbek milliy identikligining shakllanish jarayoni hamda rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlar rivojlanishiga xizmat qilgan;
milliy identiklik mohiyati va tuzilishining konseptual (kognitiv, attityud, konativ) asoslari va ushbu fenomenni tadqiq etishdagi yondashuvlar – primordializm, konstruktivizm, instrumentalizmning mohiyatiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan  «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 27 oktyabrdagi 02-40-1014-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda o‘z aksini topgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning milliy identiklik mohiyati va tuzilishiga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish