Xakimov Kamol Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kon- metallurgiya sanoati texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish va ulardan oqilona foydalanish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2093.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kamolov Tursunboy Ochilovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kon metallurgiya sanoati texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish va ulardan oqilona foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oksidlangan balansdan tashqari rudalarni qayta ishlash texnologiyasini yaratish va konservatsiya qilingan texnogen chiqindilardan nodir metallarni ajratib olish texnologiyasini qo‘llab chiqishning nazariy ilmiy imkoniyatlari asoslangan;
balansdan tashqaridagi oksidli rudani qayta ishlashning eng maqbul texnologik omillari, kislota sarfi bo‘yicha bog‘liq holda gidrometallurgik texnologiya ishlab chiqilgan;
eski konservatsiya qilingan oltin tarkibli texnogen chiqindining kimyoviy va mineralogik tarkibidagi oltinni nano va mikro zarralarining granulometlik tarkibi, mayinligi ilmiy asoslangan xolda gravitatsiya va sianlash natijasida ajratib olish imkoniyatlari ishlab chiqilgan;
gravitatsiya usulining asosiy texnologik omillari ilmiy asoslanib, uning jarayonga ta’sir etuvchi qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
oltin tarkibli eski texnogen chiqindidan oltin va kumushni ajratib olishning eng maqbul gravitatsion texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kon metallurgiya sanoati texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qalmoqqir koni balansidan tashkaridagi oksidli rudalardan mis va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ nodir metallar ajratib olish jarayonida qo‘llangan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 9 dekabrdagi AS-010095-son ma’lumotnomasi). Natijada, misni eritmaga o‘tkazib, undagi oltin va kumushni gravitatsiya usuli bilan qayta boyitish va tozalash usullari orqali gravkonsentrat va qoldiq chiqindi olish imkonini bergan;
Chodak koniga qarashli texnogen chiqindi tarkibida o‘rtacha oltin – 0,67 g/t va kumush 13 g/t bo‘lgan, ustki qismi konservatsiya qilingan, chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ nodir metallar ajratib olish jarayonida qo‘llangan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 9 dekabrdagi AS-010095-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chodak koni chiqindilarini gravitatsion boyitishda 1 yilda qo‘shimcha 98 kg oltin va 108 kg kumush metallarini ajratib olish, chiqindilarni qayta ishlash orqali chiqindilar tarkibidagi oltinni 0,13 g/t ga va kumushni 1,3 g/ t ga kamaytirish imkonini bergan.