Xamdamov Shoh-Jaxon Raxmat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda iqtisodiy o‘sishning jadal omillarini faollashtirish», 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt877. 
Ilmiy rahbar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisod fanlari doktori, professor, akademik; Umarov Ilhom Yuldashevich, iqtisod fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi barqaror rivojlanishni ta’minlashda jadal iqtisodiy o‘sish omillaridan samarali foydalanish va uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda eng avvalo qaysi omillarga e’tibor qaratishdan kelib chiqqan holda makrodarajada jadal iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar tarkibini aniqlashga bo‘lgan yondashuv takomillashtirilgan;
mamlakatda Yalpi unumdorlik omillari ko‘rsatkichining innovatsiyalar va davlat boshqaruvi sifatiga bog‘liq holda o‘sishi asosida makrodarajada jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga bo‘lgan yondashuv takomillashtirilgan;
ilk bor ishlab chiqarishning o‘sishini “kapital o‘sishi", "ishchi kuchi qiymati o‘sishi" va “jami unumdorlik omillari o‘sishi”dan foydalangan holda makro va mikro ko‘lamda hisoblashning (ΔY=ΔA+ΔK+ΔL) uslubiy asosi takomillashtirilgan;
innovatsiyalar va Yalpi unumdorlik omillari dinamikasidagi o‘zgarishlarni baholashning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognozi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda iqtisodiy o‘sishning jadal omillarini faollashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
jadal iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar tarkibini aniqlash bo‘yicha takomillashgan yondashuvdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan makro va hududlar darajasida jadal iqtisodiy o‘sishga oid dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 04/10-02-10/10-4910-son hamda O‘zbeksiton Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2021 yil 3 dekabrdagi 1275/03-16-son ma’lumotnomalari). Xulosalar mamlakatda jadal iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi eng muhim omillar aniqlangan holda prognoz ko‘rsatkichlarning asoslash darajasining yuqoriligini ta’minlashga xizmat qilgan;
mamlakatda Yalpi unumdorlik omillari ko‘rsatkichining innovatsiyalar va davlat boshqaruvi sifatiga bog‘liq holda o‘sishi asosida makrodarajada jadal iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga bo‘lgan takomillashgan yondashuvdan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan makro va hududlar darajasida jadal iqtisodiy o‘sishga oid dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 04/10-02-10/10-4910-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat boshqaruv sifatining muayyan darajada o‘sishining makrodarajada Yalpi unumdorlik omillarining 0.58%ga, innovatsiyalar o‘z navbatida Yalpi unumdorlik omillarining 1.16%ga o‘sishga olib kelishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
 “kapital o‘sishi", "ishchi kuchi qiymati o‘sishi" va “jami unumdorlik omillari o‘sishi”dan foydalangan holda ishlab chiqarishning o‘sishini makro va mikro ko‘lamda takomillashgan hisoblash tegishli normativ hujjat bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi, Intellektual mulk konsultativ markazining 2021 yil 29 yanvardagi 003163-sonli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8 fevraldagi 04/032-481-son  ma’lumotnomasi). Natijada ushbu  ko‘rsatkichni makro va mikro ko‘lamda hisoblashning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirilgan;
innovatsiyalar va Yalpi unumdorlik omillari dinamikasidagi o‘zgarishlarni baholashning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli prognozidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan makro va hududlar darajasida jadal iqtisodiy o‘sishga oid dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 04/10-02-10/10-4910-son ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2021-2025 yillarda maqsadli innovatsiyalar birliklari asosida Yalpi unumdorlik omillari ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasini oshirishga xizmat qilgan; 
jadal iqtisodiy o‘sishni ifodalovchi “intensiv iqtisodiy o‘sish” ko‘rsatkichi, uni Yalpi unumdorlik omillari ko‘rsatkichiga yuqori korrelyasion hamda to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi hamda iqtisodiy o‘sishni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubining “iqtisodiy indekslar” asosida takomillashtirilgani, “Barqaror rivojlanish” va “barqaror o‘sish” iqtisodiy atamalari mohiyatining takomillashgan yondashuvi mos ravishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 04/10-02-10/10-4910-son, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2021 yil 3 dekabrdagi 1275/03-16-son va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 8 fevraldagi 04/032-481-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda iqtisodiy o‘sishning jadal omillarini faollashtirishning uslubiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish