Xaydarov Zokirjonning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Si va GaAs fotoelektrodli gaz razryadi yacheykasidagi fotoelektrik jarayonlar”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika – matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/FM156
Ilmiy maslahatchi: Utamuradova Sharifa Bekmuradovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy – tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Tishabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor O‘zR FA akademigi; Arapov Bayish Arapovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Dadamirzaev Muxammadjon G‘ulomqodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘ta yupqa gaz razryadli yacheyka uchun yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan yarimo‘tkazgich fotoelektrodlar olish va uning fizik-fotografik xossalarini o‘rganish orqali infraqizil fotoqabulqilgich sifatida mukammal yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerani yaratish hamda uning yangi imkoniyatlarini tadqiq etish imkonini bergan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerada doimiy tokda barqaror gaz razryadi yonishi uchun dempfir yacheykasi qo‘llandi, bu infraqizil fotografiyani 30 mkm gacha uzoq uzun to‘lqinli spektral sohaga kirib borishini ta’minlagan;
ilk marta ionizatsion kameraning gaz razryadli yacheykasi uchun platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoqabulqilgichlar olindi, bu tadqiqot ob’ektlarining issiqlik maydonini 2.4 - 6.9 mkm to‘lqin uzunlik oralig‘ida qayd etishga imkon bergan;
ilk bor platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoelektrodli gaz razryadi yacheykasining elektrofizik, fotoelektrik va fotografik xarakteristikalarini o‘rganish orqali uning optimal ishchi parametrlari tanlab olingan;
ilk bor platina yoki oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoelektrod gaz razryadi yacheykasida fotoelektrik gisterezis hodisasi kuzatildi va shu asosida 10-7 J/sm2 fotografik sezgirlikka, 10-15 chiziq/mm ajratish qobiliyatiga erishilgan;
birinchi bor yarimo‘tkazgich fotoelektrodli yupqa (10-100 mkm) gaz razryadi yacheykasida muvozanatsiz o‘tish jarayonlarining fizik mexanizmlari asosan birlamchi avtoelektron emissiya va uning ta’sirida yuzaga keladigan ikkilamchi zarbiy ionlashish bilan aniqlanishi nazariy va eksperimental asoslangan;
termoelektrik sovutgich va suyuq geliy haroratlari oralig‘ida to‘lqin uzunligi 0.8-6.9 mkm bo‘lgan infraqizil nurlar yordamida ob’ektlar tasvirini qayd qiladigan yarimo‘tkazgichli fotoionizatsion ionizatsion kamera ishlab chiqilgan;
nuqsonlar va bir jinsli bo‘lmagan yarimo‘tkazgichlar hamda dielektriklar tasviri bo‘yicha ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash uchun elektron-optik o‘zgartirgich qo‘llanilgan gaz razryadli yacheyka va AMJEON PRO UZB rusumli “Videooka” asosida qurilma yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Si va GaAs fotoelektrodli o‘ta yupqa gaz razryadi yacheykasidagi fotoelektrik jarayonlarni tadqiq qilish natijalari asosida:
fermi sathini me’yorlashtirish maqsadida o‘tkazilgan nazariy hisoblar bo‘yicha platina va oltingugurt kiritmalari diffuziya qilingan kremniy fotoelektrodli fotografik ionizatsion kameraning elektrofizik, fotoelektrik va fotografik xarakteristikalari o‘rganilib, infraqizil fotoqabulqilgich olish texnologiyasi “FOTON” AJda qo‘llanilgan («Uzeltexsanoat» AK tomonidan 2021 yilning 19 oktyabrda berilgan № 04-3/2182 raqamli ma’lumotnoma), bu qo‘llanish esa Si<Pt> va Si<S> fotoqabulqilgichlarining seriyalarini yaratish imkonini bergan;
yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerada oltingugurt kiritmasi diffuziya qilingan kremniyli fotoqabulqilgich qo‘llanilib, 8 chiziq/mm ajratish qobiliyat bilan 4.2-6.9 mkm infraqizil to‘lqin uzunliklarida ob’ektlarning fazo-vaqt o‘lchamidagi tasviri “Eksperimental va nazariy fizika” kafedrasi tadqiqotchilari tomonidan tadqiq etilgan va dissertatsiya ishidagi natijalarga mos kelishi isbotlanib (Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universititining 2021 yilning 22 iyulida berilgan “Qo‘llanish haqidagi dalolatnomasi”), ular asosida SCOPUS maqomidagi maqolalarni tayyorlash imkonini bergan;
“Fotopriemnik dlya IK-preobrazovatelya ionizatsionnogo tipa” ixtirosiga 1991 yil 22 aprelda Rossiya Federatsiyasining №1672879 raqamli patenti platina bilan sayqallangan kremniy uchun olingan;
“Sposob izgotovleniya fotopriemnika dlya fotograficheskoy sistemi” ixtirosiga 1991 yil 8 avgustda Rossiya Federatsiyasining №1697572 raqamli patenti oltingugurt bilan sayqallangan kremniy uchun olingan.