Narzikulova Dilnoza Xashimjonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilada ijtimoiy nizolarni bartaraf etishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Ped138.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.012020.Ped.02.06.
Rasmiy opponetlar: Narbaeva Tanzila Kamalovna, sotsiologiya fanlari doktori; Ismailova Zuxra Karabaeva, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada ijtimoiy nizolarni bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada ijtimoiy nizolarning kelib chiqish sabablari ma’naviy-psixologik muhitning buzilishi, manfaatlar to‘qnashuvi va ziddiyatning keskin kuchayishi, o‘zaro bir-birini tushunmaslik, begonalik hamda mavjud muammoni noadekvat, ya’ni nomutanosib anglash va baholashning kuchayib borishi, konfrontasiyaning o‘sib borishi kabi omillar bilan internal va eksternal ko‘rinishda bevosita bog‘liqligini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
oiladagi sog‘lom muhitning ijtimoiy nizolar profilaktikasi bilan aloqadorligi muammoni aniqlash, muammo echimiga majmuaviy yondashuv, muammoni hal etishning birlamchi ekanligi, tolerantlik, tinglash madaniyati, empatiya, so‘z va amal birligi mezonlarini tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko‘ra ziddiyatning echimga kelishi va to‘xtatilishini ko‘zda tutuvchi vaziyatli tahlili bo‘yicha faoliyat strategiyasini produktiv tarzda qo‘llash bilan identivligini ta’minlash orqali asoslangan;
oilaviy ijtimoiy nizolarni bartaraf etishda jarayon sub’ektlarining huquqiy, psixologik-pedagogik savodxonligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti oila a’zolarida tayanch ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishning vitagen, refleksiv, shaxsga yo‘naltirilgan mazmunli jihatini milliy identiklik bilan ichki adaptivligini barqarorlashtirish orqali takomillashtirilgan;
familistik yondashuvga ustuvorlik berish asosida oilada yuzaga keladigan ijtimoiy nizolarni bartaraf etishning pedagogik texnologiyasi oilaparvarlikning ichki anglanishi (interiorizatsiya)ni tashqi namoyon bo‘lish (eksteriorizatsiya) bilan integratsiyasini ta’minlaydigan vitagen, refleksiv, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni milliy tarbiyaga komparatavistik tatbiqini intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
sinergetik pedagogikaning shaxslararo munosabatlarga ta’sirini hisobga olish, oilaviy nizolar diagnostikasi va korreksiyasiga doir modifikatsiyalashgan metodikalarni ishlab chiqish, mahallabay tizimida oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyalarini loyihalash bo‘yicha oilaviy ijtimoiy nizolarni bartaraf etishning profilaktik va korreksion mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilada ijtimoiy nizolarni bartaraf etishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oilada ijtimoiy nizolarning kelib chiqish sabablarini ma’naviy-psixologik muhitning buzilishi, manfaatlar to‘qnashuvi va ziddiyatning keskin kuchayishi, o‘zaro bir-birini tushunmaslik, begonalik hamda mavjud muammoni noadekvat, ya’ni nomutanosib anglash va baholashning kuchayib borishi, konfrontasiyaning o‘sib borishi kabi omillar bilan internal va eksternal ko‘rinishda bevosita bog‘liqligini asoslash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Obod mahalla –xavfsiz mahalla” dasturi doirasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 14 sentyabrdagi 02-02/2188-son ma’lumotnomasi). Natijada, oiladagi ijtimoiy nizolarning pedagogik profilaktikasi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
oiladagi sog‘lom muhitning ijtimoiy nizolar profilaktikasi bilan aloqadorligini muammoni aniqlash, muammo echimiga majmuaviy yondashuv, muammoni hal etishning birlamchi ekanligi, tolerantlik, tinglash madaniyati, empatiya, so‘z va amal birligi mezonlarini tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko‘ra ziddiyatning echimga kelishi va to‘xtatilishini ko‘zda tutuvchi vaziyatli tahlili bo‘yicha faoliyat strategiyasini produktiv tarzda qo‘llash bilan identivligini ta’minlash orqali asoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5110900 – Pedagogika va Psixologiya bakalavriat yo‘nalishi uchun  “Pedagogik konfliktologiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-101-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarda oilaviy nizolarni samarali bartaraf etish kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oilaviy ijtimoiy nizolarni bartaraf etishda jarayon sub’ektlarining huquqiy, psixologik-pedagogik savodxonligini rivojlantirish modelining amaliy komponentini oila a’zolarida tayanch ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishning vitagen, refleksiv, shaxsga yo‘naltirilgan mazmunli jihatini milliy identiklik bilan ichki adaptivligini barqarorlashtirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” dasturining ikkinchi va to‘rtinchi  ustuvor yo‘nalishini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 14 sentyabrdagi 02-02/2188-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilalarning psixologik-pedagogik savodxonligini oshirib borishning pedagogik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
familistik yondashuvga ustuvorlik berish asosida oilada yuzaga keladigan ijtimoiy nizolarni bartaraf etishning pedagogik texnologiyasini oilaparvarlikning ichki anglanishini tashqi namoyon bo‘lish bilan integratsiyasini ta’minlaydigan vitagen, refleksiv, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni milliy tarbiyaga komparatavistik tatbiqini intensivlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 5110900 – Pedagogika va Psixologiya bakalavriat yo‘nalishi uchun “Pedagogik konfliktologiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 89-02-1476-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
sinergetik pedagogikaning shaxslararo munosabatlarga ta’sirini hisobga olish, oilaviy nizolar diagnostikasi va korreksiyasiga doir modifikatsiyalashgan metodikalarni ishlab chiqish, mahallabay tizimida oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyalarini loyihalash bo‘yicha oilaviy ijtimoiy nizolarni bartaraf etishning profilaktik va korreksion mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan JHBL-22 “Oiladagi jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi krinogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadqiq etish” (2021-2022 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 89-02-1476-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy nizolarni bartaraf etishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish