Yusupova Guzal Rashitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Narrativ tuzilmalarning kognitiv shakl topishi va ularning badiiy matnda voqelanishi (U. Folknerning “The Sound and the Fury” va “As I Lay dying” asarlari misolida)», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil272.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Djusupov Nursultan Maxanbet uli, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi narrativ tuzilmalarni kognitiv modellashtirish va ularni badiiy makonda aks ettirish usullarini U. Folknerning “The Sound and The Fury” va “As I Lay Dying” romanlari misolida “ong oqimi” uslubidagi prozasi lisoniy tuzilishining kognitiv asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
U. Folknerning “The Sound and the Fury” va “As I lay Dying” romanlaridagi kommunikativ ahamiyatga ega bo‘lgan zamon, makon, personaj va mavzuga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar matn mundarijasiga ta’sir o‘tkazish orqali narrativ ko‘chimlarni mantiqiy asoslashi va asarning umumiy g‘oyasi ifodasiga hissa qo‘shishi isbotlangan;
personajlar muloqotini (“As I lay Dying” romanidagi qahramonlar nutqi matnlari misolida) tasvirlovchi matn parchalari struktur tuzilishi va mazmuniy yaxlitligini ta’minlovchi lisoniy va nolisoniy vositalar pragma-kognitiv imkoniyatlarning faollashuvi zamirida badiiy asarda o‘ziga xos narrativ tuzilmalarni hosil qilishi dalillangan;
zamonaviy adabiyotshunoslikning terminologik tizimiga badiiy asarni kommunikativ tuzilma sifatida talqin etishda matn tuzilishi va mazmuni tahlilining yangi imkoniyatlarni ochib berish imkoniyatiga ega “narrativ” tushunchasining kiritilish zaruriyati asoslanib, ushbu tushunchaning mohiyatini belgilovchi lingvokognitiv xususiyatlar ochib berilgan;
matndagi nutqiy tuzilmalar strukturasining ongli ravishda buzilishi ma’lum pragma-stilistik vazifa ijrosiga yo‘naltirilishi bilan bir qatorda, diskursda axborot ifodasi jarayonida amal qilinadigan lisoniy tejamkorlik tamoyili faollashuvi namunasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy narrativni modellashtirish jarayonida kognitiv mexanizmlarni tahlil qilish va ularni talqin qilish usullari, narrativ transformatsiya vositalarini tahlil qilish va ularning badiiy matn maydoni doirasida tilga ko‘chishi usullarini tavsiflashning ishlab chiqilgan tamoyillari quyidagi loyihalarga tatbiq etildi:
badiiy matnni talqin qilish jarayonida kognitiv modellashtirishning ahamiyatini aniqlash bo‘yicha xulosalar Erasmus+ 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP "O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish va baynalmilallashtirish" axborot-tadqiqot loyihasi nazariyasi va amaliyotini boyitish uchun qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 89-03-2567-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy matnni tushunishdagi yangi kognitiv yondashuv ayrim o‘quv qo‘llanmalar hamda dissertatsiyalar yaratish, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilarning tilshunoslik, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik sohasidagi bilim va mahorati oshirilishiga erishilgan;
zamonaviy adabiyotshunoslikning terminologik tizimiga badiiy asarni kommunikativ tuzilma sifatida talqin etishda matn tuzilishi va mazmuni tahlilining yangi imkoniyatlarni ochib berish imkoniyatiga ega “narrativ” tushunchasining kiritilish zaruriyati asoslanib, ushbu tushunchaning mohiyatini belgilovchi lingvokognitiv xususiyatlar №I-204-4-5 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ingliz tilining maxsus fanlaridan virtual resurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etish" innovatsion loyihasi doirasida ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda hisobga olingan, (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyuldagi 89-03-2567-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning lisoniy va kommunikativ bilim ko‘nikmalarini oshirishga, ularning didaktik kompetensiyasini takomillashtirishga muvaffaq bo‘lingan;
narrativ tuzilmalarni kognitiv modellashtirish va ularni badiiy makonda namoyish etish tamoyillari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar Samarqand viloyat radiosining “Assalom Samarqand” dasturi ssenariysiga kiritilgan va ushbu dasturni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 9 noyabrdagi 09-02/326-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilgan lisoniy materiallar radiokanalning olib borayotgan eshittirishlari saviyasi va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.