Maxametova Dilnavoz Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliy ingliz tili ko‘nikmalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped408.
Ilmiy rahbar: Usta-Azizova Dilnoza, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning amaliy ingliz tili ko‘nikmalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliy ingliz tilidan ko‘nikmalari tilni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, og‘zaki, majoziy, o‘zini o‘zi rivojlantirishning konstruktiv-texnologik va intellektual-ijodiy parametrlarini ijodiy va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlardagi faoliyati ta`lim olishga qiziqishlari, kommunikativlik, ishchanlik kobiliyati, emotsionallik darajalarini gomogen va geterogen guruhlarda kommunikativ jarayonlarni bosqichma-bosqich faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarning ijodiy faoliyatini reproduktiv va mahsulodor darajalari “ENGLISH CLUB” to‘garaklarida didaktik jaranlarining pedagogik maqbul echimlarni topish va natijaga erishishning bosqichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning auditoriyadan tashqarida mustaqil fikrlashini rivojlantirish kasbiy faollik, ijodiy-yaratuvchanlik darajalarini oshirishga qaratilgan mustaqil o‘qish, muammoli-integrativ, tarkibiy-mazmuniy va qadriyatli-semantik komponentlarni kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliy ingliz tili ko‘nikmalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliy ingliz tilidan ko‘nikmalari adaptiv tashkilotchilik motivlari, kommunikativ- tadqiqotchilik, o‘zini o‘zi nazorat qilish faoliyatining texnologik va ijodiy komponentlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy-amaliy asoslari» amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 yanvardagi 89-03-1957-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur me’yoriy hujjatlar auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarning amaliy ingliz til ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish, amaliy ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan kiziqishlarini oshirish imkoniyatini kengaytirgan;
talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlardagi faoliyati ta`lim olishga qiziqishlari, kommunikativlik, ishchanlik kobiliyati, emotsionallik darajalarini gomogen va geterogen guruhlarda kommunikativ jarayonlarni bosqichma-bosqich faollashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflari PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 yanvardagi 89-03-1957-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning amaliy ingliz tili kunikmalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirishga erishilgan;
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarning ijodiy faoliyatini reproduktiv va mahsulodor darajalari “ENGLISH CLUB” to‘garaklarida didaktik jaranlarining pedagogik maqbul echimlarni topish va natijaga erishishning bosqichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy-amaliy asoslari» amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 yanvardagi 89-03-1957-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur to‘garak talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning amaliy ingliz til ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning auditoriyadan tashqarida mustaqil fikrlashini rivojlantirish kasbiy faollik, ijodiy-yaratuvchanlik darajalarini oshirishga qaratilgan mustaqil o‘qish, muammoli-integrativ, tarkibiy-mazmuniy va qadriyatli-semantik komponentlarni kiritish orqali takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 yanvardagi 89-03-1957 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning auditoriyadan tashkari mashg‘ulotlarda ingliz tili kunikmalarini egallash samaradorligi kengaygan.