Gaynazarova Gulbaxor Abdullaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped488. 
Ilmiy rahbar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02. 
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Abdurahimova Dilfuzaxon Alievna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining uzluksiz ta’limda malakasini oshirish jarayonlarining pedagogik va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetentlik va andragogika tamoyillarini umumpedagogik talablar bilan mazmunli-komponentli optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning tizimli-funksional modeli metodik kompetensiyalarni shakllantirishning samarali, kreativ-ijodiy va innovatsion faoliyatni tashkil etishda axborot maydoni va media muhitni interfaol hamkorlikda integrallash asosida ishlab chiqilgan;
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kasbiy kompetentlik darajalariga qo‘yilayotgan talablar tizimi ularning kursdan keyingi faoliyat traektoriyasiga moslashuvchan davriy va metodik tayyorgarligini nazorat qiluvchi mexanizmning algoritmik bosqichlarini raqamli monitoring muhitida aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kompetensiyaviy, akmeologik va shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda “Menyu”, “Resept”, “Blokcheyn”, “Veb-kvest” kabi tendensiyalardan foydalanishga qaratilgan pedagoglar innovatsion faoliyati samaradorligini ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining uzluksiz ta’limda malakasini oshirish jarayonlarining pedagogik va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetentlik va andragogika tamoyillarini umumpedagogik talablar bilan optimallashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 3 yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan tarbiyachilar kasbiy kompetentligigiga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 02-02/2-1059-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyachilarning malaka oshirish ta’lim mazmuni ularning kasbiy kompetentligiga qo‘yilgan talablar asosida uyg‘unlashtirilgan;
metodik kompetensiyalarni shakllantirishning produktiv, kreativ-ijodiy va innovatsion faoliyatni tashkil etishda axborot maydoni va media muhitni interfaol hamkorlikda integrallash asosida ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning tizimli-funksional modelini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi 11-sonli buyrug‘i 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari malakasini oshirish kurslarining namunaviy o‘quv dasturi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 02-02/2-1059-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyachilarning malaka oshirish kurslari o‘quv metodik ta’minotini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari rivojlantirishga erishilgan;
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilari kasbiy kompetentlik darajalariga qo‘yilayotgan talablar tizimi ularning kursdan keyingi faoliyat traektoriyasiga moslashuvchan davriy va metodik tayyorgarligini nazorat qiluvchi mexanizmning algoritmik bosqichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalardan ITD-1-53 “Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta bo‘g‘in boshqaruv kadrlarini tanlash, tayyorlash va o‘rniga qo‘yishga zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi amaliy loyihalar doirasida materiallar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 89-03-2270-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyachilarning malakasini oshirish jarayonida qo‘llaniladigan umumpedagogik texnologiyalar mukammallashtirilgan;
tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kompetensiyaviy, akmeologik va shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda “Menyu”, “Resept”, “Blokcheyn”, “Veb-kvest” kabi usul va texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan metodik tavsiyalardan  O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda (2019-2020 yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2020 yil 29 dekabrdagi 04-25-1342-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyachilar malaka oshirish jarayonining natijaviyligini aniq mezonlar asosida baholash va monitoring qilish imkoniyati aniqlashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish