Shayzakova Nigora Saydarifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijtimoiy-madaniy an’analar vositasida badiiy-estetik layoqatini rivojlantirish», 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped872.
Ilmiy rahbar: Salieva Zuxra Taxirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Majidova Ra’no Urishevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Berdalieva Gulasal Abduqunduzovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy-madaniy an’analar vositasida badiiy-estetik layoqatni rivojlantirishning metodik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda badiiy-estetik layoqatni rivojlantirishning tashkiliy-funksional tuzilmasi motivatsion, faoliyatga doir, real sharoitda undovchi, o‘quv-bilish kabi tarkibiy asoslarni badiiy ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan internal qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
badiiy-estetik layoqatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ijtimoiy-madaniy an’analarga qiziqish uyg‘otish, dialogik munosabat, ritmik harakatlarga muqobilligi va muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiluvchi gender-pedagogik elementlarni integrativ faoliyatlarni loyihalash jarayonlarining produktivligini belgilashga xizmat qiluvchi maktabgacha yoshdagi bolaning “akme” moyilligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
ijtimoiy-madaniy an’analar vositasida tarbiyalanuvchilarda badiiy-estetik layoqatni rivojlantirish modeli integrallashgan va ritmik faoliyatlarni art-terapiyaning o‘yinli va raqsli improvizatsiyasi (taqlid qilish) bilan ichki internallashuvini ta’minlash, reproduktiv va produktiv metodlarning kombinatsiyasini jamoaviy ijodiy faoliyatda tizimli qo‘llash orqali ishlab chiqilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda badiiy-estetik layoqatni rivojlantirishning gender-klasterli metodikasi integral faoliyatni tashkil etishning kooperativlik darajasini bevosita hisobga olish, pedagogik klasterni shakllantirish, syujetli-o‘yinli va obrazlilik asosida badiiy-estetik sahnalashtirish, art-terapiya kabi innovatsion ta’lim metodlaridan maqbul foydalanish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy-madaniy an’analar vositasida badiiy-estetik layoqatni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda badiiy-estetik layoqatni rivojlantirish tuzilmasini aniqlashtirish, motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir komponentlarning real sharoitda undovchi, o‘quv-bilish, texnologik funksiyasini rivojlantiruvchi ta’lim muhiti bilan qayta aloqasi jadalligini hisobga olish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar Maktabgacha ta’lim vazirligida «Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi» va Maktabgacha ta’limga oid o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish amaliyotiga joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 02-02/2-1715-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy-estetik faoliyatni ma’naviy tarbiya bilan uyg‘un amalga oshirish imkonini bergan;
badiiy-estetik layoqatni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash, maktabgacha ta’lim tashkilotida klasterli yondashuvni joriy etishning shaxslararo muloqot, ijtimoiy-madaniy an’analarga qiziqish uyg‘otish, dialogik munosabat, ritmik harakatlarga muqobilligi va muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiluvchi gender pedagogik elementlarni asoslash, ijtimoiy-madaniy an’analar vositasida tarbiyalanuvchilarda badiiy-estetik layoqatni rivojlantirish modelining tashkiliy-faoliyatga doir komponentini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalardan №ITD-4-122 “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 02-02/2-1715-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda badiiy-estetik layoqatni rivojlantirish texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda badiiy-estetik layoqatni rivojlantirishning gender-klasterli metodikasini takomillashtirish, integral faoliyatlarni tashkil etishning o‘ziga xosliklarini hisobga olish, klasterni shakllantirish, syujetli-o‘yinli va obrazlilik asosida badiiy-estetik sahnalashtirish, zamonaviy art-terapiya imkoniyatlaridan maqbul foydalanish orqali reproduktiv va produktiv metodlarning kombinatsiyasini do‘stona ijodiy faoliyatda tizimli qo‘llashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida”gi Nizom loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 02-02/2-1715-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy-estetik layoqatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi ta’lim muhitini qaror toptirishga xizmat qilgan.