Chorieva Feruza Amrullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni korreksiyalashning pedagogik tizimini takomillashtirish” (Maktabga tayyorlov guruhlari misolida), 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2021.2.PhD/Ped1520.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti huzuridagi bir martalik ilmiy kengash, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Nafisa Abdullaeva Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni korreksiyalash tizimining pedagogik-psixologik asoslari yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar xulqida namoyon bo‘ladigan interferensiya jarayonini pedotsentrizm (bolaning bevosita talabi va tug‘ma qiziqishi) qonuniyatlarining pedagogik, psixo-diagnostik xizmatni tashkil etish mezonlari (boladagi tushkunlik, agressivlik, qo‘rqoqlik, ruhiy-emotsional zo‘riqishni bartaraf etish, ishonch hissini uyg‘otish) bilan aloqadorligi asoslangan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni diagnostika qilish va korreksiyalash mexanizmi preventiv pedagogika (boladagi cheklanishlarni oldini olish) talablari asosida modifikatsiyalashtirilgan;
bolalar hulqidagi salbiy o‘zgarishlarni korreksiyalash mazmuni assertiv tafakkur (shaxslararo muloqot jarayonida hulqiy muvozanatni ta’minlash uchun eng maqbul qarorni qabul qilish) jarayonidan affiliatsion (ijobiy aloqa o‘rnatish, saqlab qolish va mustahkamlash) ehtiyojini rivojlantirishning integrativ strategiyasini asoslash orqali takomillashtirilgan;
tarbiyachi-pedagoglarning bolalar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarini optimallashtirishning tizimli metodikasi ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamda pragmatik pedagogikaga asoslangan “Korreksion dastur”, http://bolatarbiyasi.uz/, “Maktabgacha yoshdagi bolalar xulq-atvoridagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etish metodikasi” kabilar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni korreksiyalashning pedagogik tizimini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar xulqida namoyon bo‘ladigan interferensiya jarayonini pedotsentrizm (bolaning bevosita talabi va tug‘ma qiziqishi) qonuniyatlarining pedagogik, psixo-diagnostik xizmatni tashkil etish mezonlari (boladagi tushkunlik, agressivlik, qo‘rqoqlik, ruhiy-emotsional zo‘riqishni bartaraf etish, ishonch hissini uyg‘otish) bilan aloqadorligiga doir takliflardan “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3574-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish ko‘nikmalarini takomillashtirish asosida bolalar xulqida kuzatiladigan salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni diagnostika qilish va korreksiyalash jahon tajribasi asosida taklif etilgan ota-onalarning ijtimoiy pozisiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan “Ota-onalar uchun” maxsus tarbiyaviy dasturni samarali tashkil etishning mexanizmi hamda bolalar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni korreksiyalashning mazmuni assertiv tafakkur (shaxslararo muloqot jarayonida xulqiy muvozanatni ta’minlash uchun eng maqbul qarorni qabul qilish) jarayonidan affiliatsion (ijobiy aloqa o‘rnatish, saqlab qolish va mustahkamlash) ehtiyojini rivojlantirishning integrativ strategiyasi maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3574-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyalanuvchilari xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etishda pedagogik diagnostika imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tarbiyachi-pedagoglar uchun bolalar xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarini optimallashtirishning tizimli metodikasi ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamda pragmatik pedagogikaga asoslangan “Bola tarbiyasi” (http://bolatarbiyasi.uz) mualliflik dasturidan “Oila – jamiyat qadriyatidir” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3574-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hulqidagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etish mexanizmini samarali rivojlantirishga xizmat qilgan.