Rustamov Ilxomidin Abduqodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Ali Ibn Sino falsafiy ta’limotining yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishdagi ahamiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal170.
Ilmiy rahbar: Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Artiqov To‘lanboy Artiqovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shodiev Rustam Toirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibn Sino falsafiy ta’limotining yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Sino gnesologiyasining ssientistik mohiyati va olamni idrok etish jarayoniga optimistik yondashuv natijasida yoshlar ongida o‘zgarish yuz berishi hamda ular dunyoqarashining shakllanishiga, muammoli vaziyatlarda oqilona yo‘l topa olishiga xizmat qilishi asoslab berilgan;
Ibn Sino asarlaridagi sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ruh va tananing uyg‘un rivojlanishi kabi g‘oyalar yoshlar tafakkuriga ijobiy aksiologik ta’sir ko‘rsatishi sababli zamonaviy destruktiv yondoshuvlarga nisbatan qarshi pozisiyaning mustahkamlanib borishi aniqlangan;
“Donishnoma” va “Solomon va Ibsol” falsafiy asarlari yoshlarda fuqarolik pozisiyasi shakllanishining ijtimoiy-falsafiy aspektlari bo‘lgan Vatanga sadoqat, burch va sadoqat tuyg‘ularining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan;
olimning ilmiy-falsafiy ijodi, murakkab hayot yo‘li hayotiy qarama-qarshiliklar va murakkab sinovlarni mujassam etganligi hamda ushbu jarayonlar dialektikasi mohiyatining ochib berilishi natijasida zamonaviy yoshlarning intellektual taraqqiyotiga motivatsion ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Ali Ibn Sinoning inson dunyoqarashining gnoseologik jihatlari, shaxs faoliyatining jamiyat ravnaqi, xususan, inson kamolotiga ijobiy ta’sir etuvchi omillar, ularni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
Ibn Sino gnesologiyasining ssientistik mohiyati va olamni idrok etish jarayoniga optimistik yondashuvi natijasida yoshlar ongida o‘zgarish yuz berib, ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga, muammoli vaziyatlarda oqilona yo‘l topa olishiga xizmat qilishi asoslab berilganiga oid takliflardan OT-F1-100-raqamli «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi» loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 maydagi 89-03-2000-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar orasida allomalar merosiga qiziqishning ortishi, ular ma’naviy-axloqiy idealining shakllanishiga xizmat qilgan. 
Ibn Sino asarlaridagi sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ruh va tananing uyg‘un rivojlanishi kabi g‘oyalar yoshlar tafakkuriga ijobiy aksiologik ta’sir ko‘rsatishi sababli zamonaviy destruktiv yondoshuvlarga nisbatan qarshi pozisiyaning mustahkamlanib borishiga xizmat qilishining aniqlanishi yoshlar bilan olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2018 yil 13 apreldagi 04-13/2033-son ma’lumotnomasi). Natijalardan yoshlar orasida olib borilayotgan tadbirlarda foydalanishi ular o‘rtasidagi salbiy illatlar – ichkilikbozlik, tamaki chekish va ludomaniya kabi destruktiv ijtimoiy hodisalarni bartaraf etilishiga ta’sir ko‘rsatgan;
“Donishnoma” va “Solomon va Ibsol” falsafiy asarlari yoshlarda fuqarolik pozisiyasi shakllanishining ijtimoiy-falsafiy aspektlari bo‘lgan Vatanga sadoqat, burch va sadoqat tuyg‘ularining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi ochib berilganiga oid taklif-tavsiyalardan “Buyuk allomamiz ma’naviy merosini o‘rganamiz” mavzusidagi tadbirda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2018 yil 13 apreldagi 04-13/2033-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat tuyg‘ularini kuchaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; 
olimning ilmiy-falsafiy ijodi, murakkab hayot yo‘li o‘zi hayotiy qarama-qarshiliklar va murakkab sinovlarni mujassam etganligi hamda ushbu jarayonlar dialektikasining mohiyatini ko‘rsatib berilishi natijasida zamonaviy yoshlarning intellektual taraqqiyotiga motivatsion ta’sir ko‘rsatishiga oid takliflarda O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazining seminar-treninglari, davra suhbatlari, targ‘ibot guruhlari faoliyatida foydalanilgan (Mintaqaviy tadqiqot markazining 2020 yil 15 sentyabrdagi 01/15-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi tadqiqotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan hamda ilmiy tadbirlar – seminar-treninglar va davra suhbatlarni ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish