Ismoilova Gulbaxor Azamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish metodlarini takomillashtirish (“O‘zbekiston tarixi” fani misolida)”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped756.
Ilmiy rahbar: Talapov Baxriddin Alijanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent, Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish metodlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning tarixiy-qiyosiy usullari konseptual ta’limning tayanch (o‘zgarish, global o‘zaro harakat, vaqt, makon, tizimlar) va fanga doir (sabab-oqibat aloqalari, tanlov, madaniyat, manbalar, barqaror rivojlanish) konseptlarini tarixiy voqelik bilan identikligini ta’minlash strukturasini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda ekologik madaniyatning shakllanganligini baholash ko‘rsatkichlari va sifat mezonlari davr bilan dialogga kirishish jarayonida ekologik o‘zgarishlarni anglash, baholash, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilgan analitik usullarni maqsadli qo‘llash algoritmini ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonini modellashtirish metodi o‘quv materiallarini mantiqiy grafik asosda shakllantirish, noosfera sohasi bilan global fikrlashning ichki mantiqini internallik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning imrovizatsiyaga asoslangan usullari tarixiy jarayonlarni madaniy qatlamlar sifatida “jonlantirish”, falsafiy-antropologik yondashuv asosida insonlar hayotidagi o‘zgarishlarning dinamikligini baholash, shaxsning ontogenezdagi holatini “o‘tmish, bugun va kelajak” triadasi bilan aloqadorligi bosqichlarining qayta aloqasini belgilash orqali takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tarixi ta’limi jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida: 
talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning tarixiy-qiyosiy usullarini konseptual ta’limning tayanch va fanga doir konseptlarini tarixiy voqelik bilan identikligini ta’minlash strukturasini belgilash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ModeHED – “Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash” (2015-2018 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2847/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishda konseptual ta’limdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda ekologik madaniyatning shakllanganligini baholash ko‘rsatkichlari va sifat mezonlarini davr bilan dialogga kirishish jarayonida ekologik o‘zgarishlarni anglash, baholash, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yo‘naltirilgan analitik usullarni maqsadli qo‘llash algoritmini ishlab chiqish orqali aniqlashtirish, “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayonining modellashtirish metodini o‘quv materiallarini mantiqiy graf asosida tizimlashtirish, noosfera sohasi bilan global fikrlashning ichki mantiqini internallik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir takliflardan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli (“RUECVET: Rossiya va O‘zbekiston ta’limi va kasbiy ta’limning milliy tizimi uchun (ECVET) sinov birligini (kreditlarni) ko‘chirishning Evropa tizimini pilotlashtirish” (2016-2019 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 oktyabrdagi 02-07-2847/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishda kredit-modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning imrovizatsiyaga asoslangan usullarini tarixiy jarayonlarni madaniy qatlamlar sifatida “jonlantirish”, falsafiy-antropologik yondashuv asosida insonlar hayotidagi o‘zgarishlarning dinamikligini baholash, shaxsning ontogenezdagi holatini “o‘tmish, bugun va kelajak” triadasi bilan aloqadorligini asoslash bosqichlari qayta aloqasini belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston ekologik partiyasining Saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalarning VII ustuvor yo‘nalishiga muvofiq, ekologik savodxonlik darajasini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga oid chora tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2021 yil 7 iyundagi 6/321-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishda fuqarolik institutlari hamkorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish