Artikova Maxfuza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediamatnda presedent fenomenining lingvomadaniy aspekti (o‘zbek va ispan gazetalari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1790.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abdurahim Abdimutalipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raev Abdunazar Xatamnazarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ispan gazeta matnlarida presedentlik fenomenining milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
presedentlikning o‘zbek va ispan lingvomadaniyati bosma mediamatnlarida emotsional, ekspressiv hamda nutqiy ta’sir qiluvchi asosiy vosita sifatidagi lingvomadaniy maqomining milliy qadriyatlar, madaniy va tarixiy an’analar bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda presedent nom – nombramiento de precedente, presedent ifoda – expresiones de precedente, presedent matn – texto de precedente hamda presedentlik hodisasi – acontecimiento de precedente kabi presedentlik fenomeni – fenómeno de precedente turlarining namoyon bo‘lishi mediamatn ekspressivligi, muallif mahorati, maqsadi, matn tuzish tamoyillari va etikasiga asoslanishi isbotlangan;
presedent ifoda – expresiones de precedente turi hisoblangan frazeologik birliklar hamda paremiyalarning lingvokul`turema sifatidagi maqomi o‘zbek va ispan davriy jurnalistikasida presedentlik – precedentening axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlash orqali dalillangan;
presedentlik fenomeni – fenómeno de precedente, presedent nom (o‘zbek: 24%, ispan: 20%), presedent ifoda (o‘zbek: 54%, ispan: 44%), presedent matn (o‘zbek: 8%, ispan: 6%), presedent hodisa (o‘zbek: 14%, ispan: 30%)ning mediamatndagi salmog‘i janr xususiyatlarini inobatga olgan holda aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ispan mediamatnlarida presedent fenomenini lingvomadaniy aspektda tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
presedentlik va uning qo‘llanish xususiyatlari, presedentlikning matn ta’sirchanligini oshirishdagi roli, gazeta tilida namoyon bo‘lishi bo‘yicha xulosalar, auditoriya bilan ishlashda adresat yashayotgan jamiyatning milliy-madaniy o‘ziga xosligini inobatga olish muammolariga tegishli materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Parlament axborot markazi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2021 yil 17 maydagi 02/5-567-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy axborotlar matnini yozishda auditoriyaning milliy-madaniy bilimlarini hisobga olishga e’tibor qaratilgan;
o‘zbek va ispan mediamatnlarida presedent fenomeni turlarining qo‘llanilishi, har ikki mamlakat madaniyatidagi o‘xshashlik hamda farqlarning gazeta matnida namoyon bo‘lishi, presedent turlarining lingvomadaniy xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2019 yilda nashr etilgan “Jurnalistika sohasida 10 tomlik qo‘llanma”ning “Medialingvistika va tahrir” nomli kitobi (3-jildi)da foydalanilgan (Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021 yil 18 maydagi 05-2099-son ma’lumotnomasi). Natijada medilingvistikaning tadqiq ob’ektlari, mediamatnga qo‘yiladigan talablar bilan bog‘liq o‘rinlar mukammallashgan;
ommaviy axborot vositalari matni bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini amaliyotga tatbiq etish, yosh jurnalistlar va tarjimonlarni tayyorlashda mediamatnlarning lingvomadaniy xususiyatlarini inobatga olish maqsadida dissertatsiyadan olingan misollar, ilmiy ish materiallari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tarjimaga oid loyihalarni amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2021 yil 17 maydagi 04-13/919-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh mutaxassislarda tarjimaga tortilgan matnning milliy-madaniy jihatlarinini ham hisobga olish ko‘nikmalari paydo bo‘lgan;
presedent ifoda turi hisoblangan iboralarni tarjima qilishning lisoniy va madaniy o‘ziga xosligi, leksik birliklarning standart hamda ta’sirchan xususiyatlari, presedentlik fenomenini namoyon etadigan barqaror birikmalarning milliy-madaniy xususiyatlari, ularni tarjima qilishning o‘ziga xosligi bo‘yicha misol va xulosalardan Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi asosida 2019 yilda nashr qilingan “Ozarbayjoncha-o‘zbekcha va O‘zbekcha-ozarbayjoncha” lug‘atda foydalanilgan (Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazining 2021 yil 12 maydagi 01/4-27-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy natijalar tatbiqi lug‘at so‘zliklarini boshqa tildagi tarjimada berishda lingvomadaniy jihatlarni e’tiborga olishni ta’minlagan;
presedentlik fenomenining lingvomadaniy ahamiyati, uning janrlar kesimida qo‘llanishi bo‘yicha materiallardan, o‘zbekcha mediamatnlardagi anekdotlarning lingvomadaniy xususiyatlariga doir xulosalardan Dunyo Yosh Turk Yozuvchilari Assotsiatsiyasi tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan “Tilimiz borlig‘imizdir: uni asraylik va rivojlantiraylik” innovatsion loyihada foydalanilgan (Dunyo Yosh Turk Yozuvchilari Assotsiatsiyasi (Dunya Genc Turk Yazarlari birliyi)ning 2021 yil 12 maydagi 20/021-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi har bir tilning milliy xoslanishini, tarjima jarayonida lingvokul`turemalarning e’tiborga olinishini ta’minlagan.