Javxarov Oybek Zulfikorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shvis zotli sigirlarning sut mahsuldorligi va elinining morfofunksional xususiyatlari (Qashqadaryo viloyati sharoitida)”, 06.02.03–«Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.RhD/Qx610.
Ilmiy rahbar: Amirov Shavkat Kuzibaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi xududi sharoitida import qilingan shvis zotli buqalar bilan mahalliy seleksiyaga mansub shvis zotli sigirlarni juftlash natijasida olingan ikkinchi tug‘imdagi sigirlar va mahalliy sharoitda urchitilayotgan sigirlarning sut mahsuldorligi,sutining sifati, ekstereri, elinining morfofunksional xususiyatlari, podani takror ishlab chiqarish va etologik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalikda sigirlarning genetik potensialidagi mahsuldorlik ko‘rsatkichlaridan to‘liq foydalanilmayotganligi aniqlangan;
xo‘jalikda sigirlarni oziqlantirish va saqlash texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritish natijasida sut miqdori 140 kg eki 3,8% ga yaxshilanishi isbotlangan;
xo‘jalikda sigirlar ratsionida Introvit A+WS ni qo‘llash, sutini tarkibidagi yog‘ mikdorini 2,33% va 2,07% ga, oqsilni 2,08% va 2,04% ga oshirishni ta’minlashi aniqlangan;
sigirlarda seleksion-texnologik omillarni qo‘llash orqali elinining morfologik belgilari va funksional xususiyatlarini yaxshilash yo‘llari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shvis zotli qoramollarda ularni xo‘jalik foydali belgilariga ta’sir etuvchi turli omillarni o‘rganish natijalari asosida: 
Germaniyadan keltirilgan shvis zotli buqalardan mahalliy sharoitda urchitilayotgan shvis zotli sigirlar mahsuldorligini oshirishda foydalanish usuli Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi «Bosh buloq chorva» MChJ da joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 02/23-336-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlardan sut sog‘ib olish bo‘yicha olingan sof foyda 2724,4 ming so‘m (bir bosh sigir hisobiga) ni, rentabellik darajasi 28,8 % ni tashkil etgan;
Germaniyadan keltirilgan shvis zotli buqalardan mahalliy sharoitda urchitilayotgan shvis zotli sigirlar mahsuldorligini oshirishda foydalanish usuli Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi «Abror Pirmatov» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 02/23-336-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan avlodlarning o‘sish tezligi bo‘yicha xo‘jalikda o‘stirish uchun sarflanadigan mablag‘larni bir oyda bir bosh hisobiga 1100 ming so‘m tejalishiga erishilgan, rentabellik darajasi 10,6% ni tashkil etgan;
shvis zotli sigirlar ratsionida Introvit A+WS vitaminli-aminokislotali ozuqaviy qo‘shimchasidan foydalanish usuli Andijon viloyati Asaka tumanidagi «Turg‘unboy Shokirov» naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 02/23-336-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘ilgan sut miqdori bo‘yicha (bir bosh sigir hisobiga)  3528 ming so‘m qo‘shimcha daromad olingan, rentabellik darajasi 27% ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish