Aytimov Islambek Alimbetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozi o‘rmonzorlari zararkunandalariga qarshi kurash choralarining ilmiy asoslari”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx213.
Ilmiy rahbar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Saida Abdusalomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent; Xaytmuratov Arslanbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akadimiyasi Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrobiotsenozi, o‘rmonzorlari va ushbu hududda ekilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari dalalarida tarqalib, zarar keltiradigan kemiruvchi, so‘ruvchi zararkunanda turlarining rivojlanish bioekologiyasi, dinamikasi va zarar keltirish darajasini aniqlash, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrobiotsenozda uchraydigan zararkunandalardan tunlamlar va chigirtkalarning turlari begona o‘tlarda ko‘payib, may oyining oxiri, iyun` oyiining boshlarida qishloq xo‘jalik ekinlariga migratsiya qilib, g‘o‘zada 0,5-4,5 m²/donaga, sabzavotda 1,2-6,2 m²/donaga, polizda 0,3-2,9 m²/donagacha ko‘payishi natijasida hosilning 25,3-34,2 foizini nobud bo‘lishi isbotlangan;
agrobiotsenozdagi qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradigan zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usul qo‘llanilganda, g‘o‘za, pomidor, qovun dalalarida biologik samaradorligi 73,5-75,8%, ni tashkil etib, gektaridan 2,8-12,1 sentner hosil saqlab qolinganligi, natijada iqtisodiy samaradorlik 404,9-550,4 ming so‘mni tashkil etganligi aniqlangan;
agrobiotsenozdagi zararkunandalariga uyg‘unlashgan qarshi kurash tadbirlari tizimida preparatlarni qo‘llash muddatlari va me’yori o‘rganilib, ekologik jihatdan zararsiz Atilla 10% em.k. hamda Ximfaks 40% em.k. qo‘llash mezonlari aniqlangan;
agrobiotsenoz o‘rmonzorlaridagi qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga uyg‘unlashgan qarshi kurash tadbirlari tizimi qo‘llanilganda iqtisodiy samaradorlik gektariga 5504,0-9919,6 ming so‘mni, rentabellik darajasi 191-321% ni tashkil qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston agrobiotsenoz o‘rmonlari zararkunandalarga qarshi kurash choralarining ilmiy asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
agrobiotsenoz o‘rmonzorlaridagi biotoplarga hasharotlar turlarining to‘planishi, rivojlanish va qishloq xo‘jalik ekinlari dalalariga migratsiyasini oldini olishda biologik usul Nukus, Kegeyli, Chimboy tumanlarida 350 gektarda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi “O‘zagrokimyohimoya” AJ “Qoraqalpoq agrokimyohimoya” HAJ ning 2020 yil 8-maydagi 01-07/255-son ma’lumotnomasi). Natijada trixogrammani gektariga 200000 dona hisobida tarqatilganda ta’minlangan biologik samaradorlik, nazoratga nisbatan gektaridan 2,8 sentner paxta, 11,5 s sabzavot, 12,1 sentner poliz hosili saqlab qolinishiga erishilgan.
o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi erlarda migratsiya qiladigan tunlamlarga qarshi trixogramma tarqatilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 17-apreldagi 141/1-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za, pomidor, qovun paykallarida gektaridan 2,8-12,1 sentner hosil saqlab qolinib, iqtisodiy samaradorligi 404908-550408 so‘mni, chigirtkalarga qarshi g‘o‘za, bug‘doy, makkajo‘xori dalalari atrofida “Atilla super” (10% em.k. l/ga) preparati ishlatilganda, sarflangan umumiy xarajat 635000-1085000 so‘mni tashkil qilib iqtisodiy samaradorlik 361000-109500 so‘mni tashkil qilishi isbotlangan 
o‘rmonzorlarda qishki tinimdan chiqqan zararkunandalarga qarshi qishloq xo‘jalik ekinlari dalalarida chigirtka to‘dasi g‘o‘za, bug‘doy, makkajo‘xori dalalariga tarqalib ulgurmasdan kimyoviy preparatlar yordamida ishlov bergan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2020 yil 20-maydagi №01/04-457-son ma’lumotnomasi). Natijada xashoratlar 95-97% nobud etilganda g‘o‘za dalalarida 5,9 sentner, bo‘g‘doy-5,8 sentner va makkajo‘xorida 8,6 sentner hosil himoya qilib qolish natijasida iqtisodiy samaradorlik gektaridan 361000-109500 so‘mni tashkil qiligan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish