Ruziqulova Nilufar Abdumajidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Urbanizatsiya landshaftlari qorinoyoqli mollyuskalarining faunistik tarkibi va ekologiyasi», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B514.
Ilmiy rahbar: Izzatullaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Pazilov Abduvait, biologiya fanlari doktori, professor; Xalimov Fazlitdin Zokirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urbanizatsiya landshaftlarida (Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Navoiy va Zarafshon shaharlari misolida) qorinoyoqli mollyuskalarining sistematik holati hamda xo‘jalikdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urbanizatsiyalashgan landshaftlarda qorinoyoqli mollyuskalarining 17 oila 22 avlodga mansub 36 turi aniqlanib, shulardan Deroceras reticulatum, Oxychilus translucidus-quruqlik mollyuskalari, Lymnaea thiesseae, Lymnaea schirazensis, Seminolina boucardi, Seminolina eudiscus, Biomphalaria tenagophila–suv mollyuskalari tadqiqot hududi faunasi uchun yangi tur ekanligi aniqlangan;
urbanizatsiya landshaftlarida keng tarqalgan zararli tur hisoblanuvchi Deroceras caucasicum (Simroth,1901) ning biologiyasi va hayot siklining mexanizmi ochib berilgan; 
Candaharia levanderi (Simroth, 1901) va Deroceras reticulatum (Müller, 1774) larning morfologik belgilari, Xeropicta candaharica (L. Pfeiffer, 1846) ning konxologik belgilarining o‘zgarishi tabiiy muhitning ifloslanishiga bog‘liqligi ochib berilgan;
urbanizatsiya landshaftlarida qishloq ho‘jaligi ekinlariga zarar keltiruvchi quruqlik qorinoyoqli mollyuskalariga qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Urbanizatsiya landshaftlari qorinoyoqli mollyuskalarining faunistik tarkibi, bioekologik xususiyatlari, tarqalishi va ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar etkazuvchi quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarga qarshi kurash chora-tadbirlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani «Esaboy paxta g‘alla dalalari» va «Esaboy zamin paxta diyori» fermer xӯjaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘ZAGROKIMYoHIMOYa» AJning 2021 yil 6 maydagi 02-13/242-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer ho‘jaligida qishloq xo‘jaligi ekinlarini mollyuskalar tomonidan zararlashning oldi olinib, hosildorlikni 9,25% ga oshirish imkonini bergan;
suv qorinoyoqli mollyuskalarining suv havzalarida tarqalishi, bioekologik xususiyatlari va ularni gel`mint lichinkalari bilan zararlanishining mavsumiy dinamikasi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 10 martdagi dagi 02/23-113-son ma’lumotnomasi). Natijada, chuchuk suv biotsenozlari malakofaunasining monitoringini olib borish va hududning ekologo-parazitar holati ko‘rsatgichlarini baholash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish