Qobilov Hasan Xalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori energetik samaradorli va ekologik ko‘rsatkichli ko‘mir briketini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1534.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Gafurov Karim Hakimovich, texnika fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘mirning mayin fraksiyasi va samarali bioorganik bog‘lovchilar yordamida yuqori mustahkamlikga ega va yuqori ekologik ko‘rsatgichli ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish jarayoni va apparatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xomashyo konlarida hamda ko‘mirni qayta ishlash jarayoni davomida hosil bo‘ladigan ko‘mir mayin fraksiyalari va bioorganik bog‘lovchilar asosida mexanik mustahkamligi yuqori bo‘lgan ko‘mir briketlari olish texnologiyasi ilmiy va amaliy asoslangan;
ko‘mir mayin fraksiyasi va bioorganik bog‘lovchilar asosida olingan ko‘mir briketlarining yonish issiqligi o‘zgarishi qonuniyatlari asoslangan;
briket mustahkamligining dimiqtirish davomiyligi, briket namunasi qalinligidan bog‘liklik qonuniyatlari asoslangan;
Angren, Boysun, Sharg‘un konlari ko‘miridan ishlab chiqarilgan briket ko‘mir mustahkamligining presslash bosimi, biobog‘lovchi va kraxmal eritmasi konsentratsiyasidan bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
ko‘mir briketi yonish issiqligining bioorganik qo‘shimchalar konsentratsiyasidan bog‘liqlik qonuniyati aniqlangan;
ko‘mir briketi zichligi va uning nisbiy g‘ovakligiga presslashning ta’sirini tadqiq qilish matematik modeli ishlab chiqilgan;
bioorganik bog‘lovchilar asosida olingan ko‘mir biriketi olishning energotejamkor texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Asosiy tarkibi ko‘mirning mayin fraksiyalaridan tashkil topgan, energetik samaradorligi va yuqori ekologik ko‘rsatkichli ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibi biobog‘lovchilar bilan boyitilgan, ko‘mirning mayin fraksiyalari asosida ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish texnologiyasi Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi “G‘alaba” fermer xo‘jaligi va “Best Coal Bukhara Service” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“AZIYA FRUITS GARDEN” MChJ qo‘shma korxonasining 2021 yil 16 dekabrdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilgan ko‘mir briketlari tarkibidagi namlik miqdorini 8,8 foizga, oltingugurt miqdorini (GOST 8606-2015)ga muvofiq 0,6 foizgacha kamaytirish, briketning yonish issiqligini 5090÷7020Kkal/kg ga oshirish imkonini bergan;
neft qoldiqlaridan hosil bo‘lgan chiqindi (shlam) dan ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish texnologiyasi Buxoro tumanidagi “Haydar Ahmad” fermer xo‘jaligidagi issiq xonalarda amaliyotga joriy etilgan etilgan (“AZIYA FRUITS GARDEN” MChJ qo‘shma korxonasining 2021 yil 16 dekabrdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, briketning yonish issiqligini 7954,9 Kkal/kg ga oshirish, kuldorlik darajasini 8,2 foizga, tarkibidagi oltingugurt miqdorini 0,9 foizga kamaytirish imkonini bergan.