Doschanova Manzura Babajanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Anacanthotermes Jacobs avlodi termitlarining ekologiyasi, xulq-atvori hamda kasalliklarga moyilligi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B318.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Juginisov Tangibergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Bekmurodov Abdujabbor Sattorovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Anacanthotermes Jacobs avlodi termitlarining ekologiyasi, hulq-atvorini aniqlash, kasalliklarga moyilligini baholash hamda ularga qarshi biologik kurashishning samarador usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Anacanthotermes avlodi termit tabaqalari hulq atvori va ularning tarqalish areallaridagi funksiyalanish xususiyatlari aniqlangan;
Anacanthotermes termit uya kameralari tuzilishi va ularning ijtimoiy bog‘liqlik xususiyalari ochib berilgan;
ilk bor kananing Hypoapis miles turi Anacanthotermes avlodi termitlarida parazitlik qilishi hamda Myrmicinosporidium durum zamburug‘ining tabiiy sharoitda termitlar miqdorini boshqarish xususiyati aniqlangan;
A. ahngerianus termitlari parazitlari va tabiiy kushandalarining 5 turkum, 6 oila, 16 avlodga mansub 31 turi aniqlanib, Formacidae oilasi vakillarining roli ochib berilgan;
ilk bor 5-almashgan amino-1,3,4-tiadiazolin-2-tion hosilalari asosida preparatlar sintez qilingan va B. thuringiensis+bor kislota preparatlarning termitlarga qarshi kurashda biologik samaradorligi aniqlangan va sinovdan o‘tkazilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Anacanthotermes Jacobs avlodi termitlarining ekologiyasi, hulq-atvori hamda kasalliklarga moyilligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy yodgorliklar, aholi turar joy binolari va boshqa inshootlarning yog‘och qismlarini termitlar zararidan saqlovchi va miqdorini kamaytiruvchi zamburug‘lar assotsiatsiyasi asosida tayyorlangan yangi patogen em-xo‘rak “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining termitlar zararini kamaytirish va ularga qarshi kurash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2021 yil 15 noyabrdagi №02-01/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu em-xo‘rak termitlar miqdorini 70-80% gacha kamaytirish, yog‘och materiallarni zararlash faoliyatini to‘xtatish imkonini bergan;
termitlar uyalarida yashab parazitlik, yirtqichilik qiluvchi yoki kasallik tarqatuvchi Scolopendridae, Buthidae, Rhagodidae, Galeodidae, Acaridae, Formicidae oilasining 31 turga mansub vakillarining 53 ta nusxadagi namunalari Zoologiya institutining Noyob ilmiy ob’ekti kolleksiyasi fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 19 martdagi №4/1255-842-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar bo‘g‘imoyoqlilar fondini boyitish hamda termitlar miqdorini biologik nazorat qiluvchi bo‘g‘imoyoqlilar turlaridan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.