Chariev Xaliqul Shoniyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Avtomobil` transportida xizmatlar sifati va xavfsizligini baholash uslublarini takomillashtirish”, 05.08.06 - “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD /T2421.    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Samatov G‘affor Allaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Muxitdinov Akmal Anvarovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari nomzodi, professor Kul`muxamedov Jasur Rafikovich (Toshkent avtomobil` va yo‘llar texnikumi). 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil` transportida xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash uslublarini takomillashtirishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmatlar sifatini oshirish va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ekspertlik tizimlari asosida shahar yo‘lovchi avtomobil` transportining moslik funksiyasi ishlab chiqilgan;
“Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobuslarda tashilgan yo‘lovchilar soni va yo‘nalishlardagi avtobuslarning qatnov masofasi orasidagi korrelyasiya bog‘lanish zichligi (0,8416) va tashilgan yo‘lovchilar soni bilan yo‘nalishdagi avtobuslar tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni o‘rtasidagi xususiy korrelyasiya koeffisientining qiymati (0,5979) yuqori ekanligi, hamda mul`tikolliniarlik mavjud emasligi (0,7 dan kichik) aniqlangan; 
ko‘p omilli ekonometrik modellashtirish asosida Toshkent shahridagi yo‘nalishlarda tashiladigan yo‘lovchilar sonining o‘rtacha 4,28 foizga ortishi, avtobuslar tomonidan sodir etiladigan yo‘l-transport hodisalari sonining bir foizga kamayishi asoslangan;
yo‘lovchi tashuvchi avtomobil transportida xizmatlar sifati va harakat xavfsizligini ta’minlash holatining ilmiy-sinov natijalari asosida yo‘lovchilarning transport vositasini kutish vaqti marshrut bo‘yicha o‘rtacha 27,2% ga qisqartirish imkonini berishi aniqlangan;
mijozlarning (yo‘lovchilarning) qoniqishi va xizmatlar sifatining o‘zaro aloqadorligini trend grafik modeli orqali, tashishlar va xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish natijasida logistik bog‘lanish ko‘rinishida eng ko‘p o‘sish darajasi xizmatlar sifati o‘zgarishining 0,8-1,0 intervalida yuz berishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtomobil` transportida xizmatlar sifati va xavfsizligini baholash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
avtomobil` transportida yo‘lovchilar tashish xizmatlari sifatini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash sifatini baholaydigan ko‘rsatkichlar tizimi “Toshshahartransxizmat” AJ tassarufidagi 12-avtobus saroyiga joriy qilingan (“Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatiga 2021 yil 8 iyul`dagi 01/4-6-15/50-son ma’lumotnomasi).  Natijada 2020 yil korxona faoliyatidan olingan samaradorlik 2021 yilga nisbatan 8,3 foizga oshirish imkonini bergan.
shahar yo‘lovchi avtomobil` transportida tizimida xizmatlar sifatini oshirish va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan moslik funksiyasi “Toshshahartransxizmat” AJ tassarufidagi 12-avtobus saroyiga joriy qilingan (“Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatiga 2021 yil 8 iyul`dagi 01/4-6-15/50-sonli ma’lumotnomasi).  Ilmiy tadqiqot natijasida bitta yo‘nalishdagi jamoat transportida xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash uchun sarf etilgan harajatlarni qoplash muddati 1,6-2,05 yilni tashkil etishi imkonini yaratgan.
xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash holatining ilmiy-eksperimental natijalari “Toshshahartransxizmat” AJ tassarufidagi 12-avtobus saroyiga joriy qilingan (“Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatiga 2021 yil 8 iyul`dagi 01/4-6-15/50-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida shahar jamoat transporti tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini baholashdan foydalanib, yo‘lovchilarning transport vositasini kutish vaqtini marshrut bo‘yicha o‘rtacha 27,2% ga qisqartirishga erishilgan.
yo‘nalishdagi jamoat transportida xizmatlar sifatini oshirish hamda  xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijasi “Toshshahartransxizmat” AJ tassarufidagi 12-avtobus saroyiga joriy qilingan (“Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatiga 2021 yil 8 iyul`dagi 01/4-6-15/50-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida bitta yo‘nalishda olingan foydani 315,0 mln so‘mga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish