Kayumov Dilshod Abdubakievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sho‘rlangan gruntli yo‘l poyi ishchi qatlamining takroriy yuklamalar ta’sirida hisobiy ko‘rsatkichlarini asoslash”, 05.09.02 - “Asoslar, poydevor va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar va metropolitenlar” Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1872.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Xudaykulov Rashidbek Mansurjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Djabbarov Saidburxan Tulaganovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari doktori, dotsent Rasulov Rustam Xayatovich (Toshkent arxitektura-qurilish instituti).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qisqa vaqt ko‘p marotaba takrorlanuvchi yuklamalar ta’siri ostida ishlovchi, yo‘l poyi ko‘tarmalari ishchi atlamidagi sho‘rlangan gruntlarni hisobiy ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l poyi ishchi qatlamidagi sho‘rlangan gruntlarga yuklama qisqa vaqt ko‘p marotaba takroran ta’sir qilganda, ularning fizik-mexanik hossalarini aniqlash uchun amaldagi tuzilmaviy echim takomillashtirilgan;
avtomobil` yo‘llari poyidagi sho‘rlangan gruntlarga qisqa vaqt ko‘p marotaba yuklama takroran ta’sir qilishi natijasida ularning fizik-mexanik hossalarini o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
transport vositalari ta’sirida yo‘l poyidagi sho‘rlangan gruntlarga yuklama qisqa vaqt takroran ta’sir qilishi natijasida ularni hisobiy ko‘rsatkichlarining qiymatlari yuklamani ta’sir soniga bog‘liq ravishda kamayishi aniqlangan;
sho‘rlangan gruntli yo‘l poyiga ko‘p marotaba qisqa vaqt yuklamalar takroran ta’sir qilishi natijasida gruntlarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro eksperimental bog‘liqliklari aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sho‘rlangan gruntli yo‘l poyi ishchi qatlamining takroriy yuklamalar ta’sirida aniqlangan hisobiy ko‘rsatkichlari asosida:
avtomobil` yo‘l poyi ko‘tarmasi turg‘unligini hisoblashda hisobiy ko‘rsatkichlarini gruntlarning namligi va zichlashtirish koeffisientiga bog‘liqlikligining analitik ifodalari “Avtomobil` yo‘llari ilmiy tadqiqot instituti” tomonidan ishlab chiqilgan IQN 84-13 (idoraviy qurilish normalari) “O‘zbekistonni turli regionlarida avtomobil` yo‘llari gruntlarini zichlik normalari bo‘yicha yo‘riqnoma”, IQN 121-17 (idoraviy qurilish normalari) “Yuqori namlikdagi gruntlardan avtomobil` yo‘llarining poyini qurish bo‘yicha yo‘riqnoma”, MShN 29-2007 (muassasaviy qurilish normalari) “Avtomobil` yo‘llari ko‘tarmalarining zichlanganlik darajasini nazorat qilishning texnologik qoidalari” ga o‘zgartirish va qo‘shimcha №2 kabi soha me’yoriy hujjatlariga joriy qilingan (Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari Qo‘mitasi tasarrufidagi Avtomobil` yo‘llari ilmiy tadqiqot instituti unitar korxonasi tomonidan 08 noyabr` 2021 yildagi №10/3-809 sonli ma’lumotnomasi). Natijada hisob ishlari asosida avtomobil` yo‘l poyi ko‘tarmasining ustuvorligini oshirishga erishilgan;
nobikr turdagi avtomobil` yo‘llari yo‘l to‘shamasi tuzilmasini dissertatsiya ishi natijalarida olingan sho‘rlangan gruntlarning hisobiy ko‘rsatkichlaridan foydalanib loyihalanganda yo‘l to‘shamasining xizmat muddatini uzayishiga, ta’mirlash va saqlash jarayonlarida mehnat sarfini kamayishiga, qurilish sarf xarajatlarini tejalishi natijasida 1 km uzunlikdagi avtomobil` yo‘li uchun 185 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari Qo‘mitasi berilgan 17 noyabr` 2021 yildagi №02/4469-6578 sonli ma’lumotnomasi).