Xamzaev Asrorxon Akmalxovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Topinamburning fizik-mexanik xususiyatlariga asosan kovlagichning elastik barmoqli barabanining parametrlarini asoslash», 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T816.
Ilmiy rahbar: Bayboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nasritdinov Axmadjon Abdixamidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi topinamburning fizik-mexanik xususiyatlariga asosan kovlagichning elastik barmoqli barabanining parametrlarini asoslash va texnologik sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elevatorning ishchi tirqishi ehtimollar nazariyasining normal taqsimlanish qonuni usulidan foydalanib, topinambur tuganagi o‘lchamlarining variatsion xarakteristikalarini inobatga olgan holda asoslangan;
topinambur poyasidan tuganaklarni ajratadigan hamda yirik fraksiyali kesaklarni elastik barmoq bilan o‘zaro ta’siri natijasida maydalaydigan kovlagichning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
elastik barmoqning tuganak bilan o‘zaro ta’sirlashishi paytidagi harakatlarini hisobga olgan holda saralab olish jarayonini ifoda etuvchi matematik model ishlab chiqilgan;
topinamburning fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olib kovlagich ishchi qismining parametrlari (barabanning burchak tezligi, diametri va elastik barmoq uzunligi) va ish rejimlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Topinamburning fizik-mexanik xususiyatlariga asosan kovlagichning elastik barmoqli barabanining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan yangi elastik barmoqli baraban bilan jihozlangan topinambur kovlagich Paxtachilik seleksiya urug‘chiligi etishtirish agrotexnolgiyalar ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy tajriba stansiyasi maydonida va Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 apreldagi 02/023-1610-son ma’lumotnomasi). Natijada, topinamburni hosilini kovlab olishda mehnat sarfini 25,3 foiz va ekspluatatsion harajatlarni 21,9 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
topinamburni tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda kovlaydigan, elastik barmoqli baraban bilan jihozlangan kovlagichning loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «Mashxim» MChJ va «BMKB-Agromash» AJ ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 14 apreldagi 02/023-1610-son ma’lumotnomasi). Natijada, topinamburning tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda kovlaydigan elastik barmoqli baraban bilan jihozlangan kovlagichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.