Rahmatova Sadoqat Umarjonovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahalliy xomashyolardan samarali foydalanish hisobiga olingan yangi trikotaj to‘qimalarining tadqiqi orqali mahsulot assortimentini kengaytirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/T1983.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbanali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Qadam Jumaniyozovich, texnika fanlari doktori, professor; Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyodan samarali foydalanib yangi trikotaj to‘qimalarini olish va mahsulotlar assortimentini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki aylana ignadonli trikotaj to‘quv mashinasida glad, xosilali glad va lastik usullarni jamlash orqali shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan yangi assortimentdagi to‘qima olingan;
ikki aylana ignadonli trikotaj to‘quv mashinalarida glad` va lastik asosida olingan ikki qavatli trikotaj to‘qimalarining xajm va yuza zichliklarini havo o‘tkazuvchanlik, kirishish, ishqalanishga chidamlilik, uzish kuchi va deformatsiyalanish xususiyatlarini kompleks baholash orqali optimal qiymatlar aniqlangan;
ikki aylana ignadonli mashinalarda lastikli trikotaj to‘qimasiga glad va hosilali glad qatorlarini kiritish orqali hajmiy zichlikni 4,9 % dan 12,6 % ga kamaytirish hisobiga trikotaj to‘qimasining sifat ko‘rstkichlaridan issiqlik va shakl saqlash xususiyatlari ortgan;
markaziy nokompozision tajriba yo‘li bilan ikki qavatli trikotaj to‘qimalarining uzish kuchi va qaytar deformatsiya xususiyatlarini regressiya tenglamasi olingan va uning tahlili asosida matoning yuqori iste’mol xususiyatlarini ta’minlovchi halqa qadami va halqa balandligini maqbul parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolardan samarali foydalanib yangi trikotaj to‘qimalarining assortimentini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi tuzilishdagi ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish «UDM» MChJ trikotaj korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021-yil 7-dekabrdagi №03/25-3371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta va poliester aralashma ipidan glad hamda lastik asosida olingan trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik xususiyatlarini saqlagan holda, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisobiga 12,6 % ga xomashyo sarfini kamaytirishga erishilgan;
ikki aylana ignadonli mashinalarda lastikli trikotaj to‘qimasi tuzilishiga glad va hosilali glad qatorlarini kiritib trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish «Xoji Xolmirza Bobo» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 7 dekabrdagi №03/25-3371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 100 % paxta ipi asosidan tayyorlangan trikotaj to‘qimasini deformatsion xususiyatlari ortgan hamda xomashyo sarfini 8,9 % kamaytirishga erishilgan.