Raximov Quvvatali Ortikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uchish apparatlari konstruksiyalarining vorisli deformatsiyalanuvchi elementlarini matematik modellashtirish», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1102.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Usmonov Botir Shukurillaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Polatov Asxad Muxammedjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Anarova Shaxzoda Amanbaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikkita erkinlik darajasiga ega bo‘lgan vorisli-deformatsiyalanadigan tizimlar klassik flatterining chiziqli va chiziqsiz muammolarini hal qilish uchun matematik modellar va sonli algoritmlarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
materiallarning qovushqoq-elastik xossalarini hisobga olgan holda vorisli-deformatsiyalanuvchi tizimlarning egiluvchi-buraluvchi flatter masalalarini tadqiq qilish uchun matematik modellar, sonli echish usuli, hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
taqsimlangan parametrli vorisli deformatsiyalanuvchi qanotning egilib-buralishdagi flatter masalasi uchun differensial va variatsion usulda xususiy hosilali integro-differensial tenglamalarga asoslangan matematik model` ishlab chiqilgan;
ikkita erkinlik darajasiga ega bo‘lgan vorisli-deformatsiyalanuvchi tizimlar klassik flatterining chiziqli va chiziqli bo‘lmagan masalalarini hal uchun matematik model` va sonli echish algoritmlari ishlab chiqilgan;
vorisli-deformatsiyalanuvchi tizimlar flatter tezligiga reologik va geometrik parametrlar ta’sirini baholash, flatterning kritik tezliklarini aniqlash va tahlil qilish uchun dasturiy majmua ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
vorisli deformatsiyalanuvchi konstruksiyalarning egiluvchi-buraluvchi flatterining matematik modeli asosida ishlab chiqilgan hisoblash dasturi «Toshkent mexanika zavodi» AJda joriy qilingan (Fuqaro aviatsiyasi agentligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 10-20/16-62-sonli sertifikatlashtirish va parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi ma’lumotnomasi). Natijada dastur kompozit materialli konstruksiyalari flatterining kritik tezligini aniqlashda, elementlarning mustahkamligini tahlil qilish va bashorat qilishda qo‘llanilgan, ishlab chiqilgan programma hisoblash jarayonini 1.5 martaga, hisoblash aniqligi va loyihalash samaradorligini 10-15% ga oshirish imkonini bergan;
ikkita erkinlik darajasiga ega bo‘lgan vorisli-deformatsiyalanuvchi tizimlar klassik flatteri chiziqli masalalarining matematik modeli asosida ishlab chiqilgan dastur «Qo‘qonelektrnurjaxon» MChJdagi loyiha-konstruktorlik faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK ning 2021 yil 14 oktyabrdagi 1337/01-06-son ma’lumotnomasi). Natijada hisoblash dasturlari kompozit materiallardan tayyorlangan tuzilmalarning yuklanishli-deformatsiya holatini aniqlashda, baholash va bashorat qilishda foydalanilib, materialning vorisli-deformatsiyalanadigan xususiyatlarini hisobga olgan holda real konstruksiyalar elementlari mustahkamligining kritik deformatsiya tezligini 2.5 martagacha kamaytirish va konstruksiya buzilishining kritik vaqtini 1,7 martagacha oshirish imkonini bergan.