Isamuxamedov Boxodir Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoatida iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishni boshqarish», 08.00.13 – «Menejment», 08.00.05 – «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt171.
Ilmiy rahbar: Xolmo‘minov Shoyizoq Raxmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoatida iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishni boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoatida iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishni boshqarishda inson resurslarini boshqarish tizimi HRM ishlab chiqilgan;
iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishni boshqarishda raqamli iqtisodiyotning HRMS va sun’iy intelekt texnologiyalarini qo‘llash hamda ular orqali kadrlarni baholash taklif etilgan;
masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida malakasini oshirishning elektron ta’lim (virtual reality) innovatsion strategiyasi taklif etilgan;
iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishning 2030 yilgacha matematik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoatida iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishni boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoatida iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishni boshqarishda inson resurslarini boshqarish tizimi HRM bo‘yicha berilgan takliflar «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari faoliyatiga joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 10 iyuldagi 03/12-1832 – son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalarida boshqaruv xarajatlarini 2-5 foizga qisqartirishga erishilgan;
iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishni boshqarishda raqamli iqtisodiyotning HRMS va sun’iy intelekt texnologiyalarini qo‘llash hamda ular orqali kadrlarni baholash bo‘yicha berilgan takliflar «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari faoliyatiga joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 10 iyuldagi 03/12-1832 – son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini 8-10 foizga kamaytirish imkonini bergan;
to‘qimachilik sanoatida iqtisodchi kadrlarni masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida malakasini oshirishning elektron ta’lim (virtual reality) innovatsion strategiyasi taklifi «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari faoliyatiga joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 10 iyuldagi 03/12-1832 – son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalarida boshqaruv xarajatlari 15 foizga kamaygan;
iqtisodchi kadrlar salohiyatidan foydalanishni 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari «O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari faoliyatiga joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 10 iyuldagi 03/12-1832 – son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan to‘qimachilik korxonalarida 2030 yilgacha bo‘lgan kadrlar sonini aniqlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish