Yarashova Vasila Kamalovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirishning makroiqtisodiy jihatlari”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Iqt87.
Ilmiy rahbar: Axmedov Tursun Muxitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimova Naima Abidovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc);  Zoxidov Azamatjon A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash prizmasi orqali transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar  ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport tizimini ustuvor rivojlantirishni iqtisodiyotni barqaror o‘sishiga ta’siri transportni ishonchli ishlashi va xizmatlari sifatini oshirish, tashilayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda transport yuklamasini qis¬qar¬tirish, mamlakat tranzit saloxiyatidan foydalanish darajasini oshi¬rish, tashishni ekologik yuklamasini pasaytirish mezonlari bo‘yicha asoslan¬gan;
mamlakatning transport-geografik joylashuvini noqulayligi, tashish xarajatlarini yuqoriligi, iqtisodiyot va aholi sonini tez sur’atlarda o‘si¬shi, kelajakda integratsion jarayonlarni va innovatsion texnologiyalarni tubdan o‘zgarishini xisobga olgan holda 2050 yilgacha davrda O‘zbekistonni trans¬port kom¬munika¬siya¬larini rivoj-lan¬tirish va moder¬niza¬siya¬¬lash Bosh sxema¬sini ishlab chiqish taklif etilgan;
ishlab chiqarishda transport xarajatlarini natural va qiymat shaklida xisoblangan transport yuklamasi asosida sanoat maxsulotlarini past, o‘rta va yuqori guruxlarga ajratgan holda investisiya loyihalarini asoslash, ularni xududlarda joylashtirish va tovarlarni import qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
transport xizmatlari raqobatbardoshligini baholash uslubiyati tashish uchun ketgan xarajatlar qiymatiga qo‘shimcha ettita yunalishda to‘la bulmagan  va sifati past transport xizmatidan keltirilgan ziyon kiymatini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
mavjud yo‘nalishlarni 330 km ga  qisqartirish, tranzit tashishdan tushadigan daromadlarni 2,5 martaga oshirishga mo‘jallangan kelajakdagi transportni rivojlantirish Bosh sxemasiga muvofiq Qash¬g‘ar-O‘sh-Asaka-Pop-Oxangaron-Paxtakor-Konimex-Miskin yo‘nalishida yangi xalqaro temir yo‘l yo‘lagini barpo etish asoslangan;
kelajakda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirilishi tufayli iqtisodiy o‘sishdagi o‘zgarishlar, transport yuklamasini 2 marta kamaytirish¬ni hisobga olgan holda yuk va yo‘lovchi aylanmasining 2035 yilgacha prog¬¬noz parametrlari ekonometrik va ssenariy modellar bo‘yicha ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirishning makroiqtisodiy jihatlari bo‘yicha olin¬gan ilmiy  natijalar asosida:
transport tizimini ustuvor rivojlantirishni iqtisodiyotni barqaror o‘sishiga ta’siri transportni ishonchli ishlashi va xizmatlari sifatini ko‘¬tarish, tashilayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda transport yuklamasini qis¬qar¬tirish, mamlakat tranzit saloxiyatidan foydalanish darajasini oshi¬rish, tashishni ekologik yuklamasini pasaytirish mezonlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi  Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbe¬kis¬¬ton Respub¬li¬kasi Prezidentining “2020-2030 yillar¬da avtomobil yo‘l¬larini rivoj¬lan¬ti¬rish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risi-da”¬gi qarorini (ID-20825) tayyor¬lashda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 15 sentya¬brdagi 03-32/3454-son ma’lu¬mot¬nomasi). Mazkur qarorni amaliyotga tadbiq etilishi O‘zbe¬kistonni xal¬qaro lo¬gis¬tika sama¬ra¬dorligi bo‘yicha reytingidagi o‘r¬ni¬ni oshirishga yordam bera¬di, mamlakatning barqa¬ror ijtimo-iy-iqtiso¬diy rivojlanishini transport ti¬zi¬mini rivojlanti¬rish bilan muvofiqlashtirishni ta’¬min¬laydi;
2050 yilgacha davrda O‘zbekiston transport kom¬mu¬nikatsiyalarini rivojlan¬ti¬rish va modernizatsiyalash Bosh sxemasini  ishlab  chiqish, uni amalga oshirishning innova-sion yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan  takliflar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yuk va yo‘lovchilarni tashishda yangi innovatsion texnologiyani qo‘llashga qaratilgan” Transport – 2050: energetika va ekologiya” loyixasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 15 sentya¬brdagi 03-32/3454-son ma’lu¬mot¬nomasi), O‘zbekiston Respublikasi Iqtiso¬diy taraqqiyot va kambag‘al¬likni qisqartirish vazirligi tomonidan “Trans¬port tizimini 2030 yilgacha davrda rivoj¬lantirish Strategiyasi” loyiha¬sini ishlab chiqishda qo‘lla¬nilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtiso¬diy taraqqiyot va kambag‘al¬likni qisqartirish vazirligining 2020 yil 14 sentya¬brdagi 06/18-01-13/20-469-son ma’lumotnomasi). Ushbu Bosh sxemada ko‘rsatilgan transportni strategik rivojlanish yo‘llarini amaliyotda qo‘llash kelajakda shakllanadigan talab va taklif, raqamli texnologiyalar asosida transport tizimini nisbatdan tez  sur’atlarda rivojlantirish, ichki va tashqi xavf-xatarlarni oldini olish imkonini beradi;
iqtisodiyotda transport yuklamasini natural va qiymat shakllarida baho¬lash natijalari O‘zbekiston Respublikasi  Innovatsion rivojlanish  va¬zir¬¬li¬gida O‘zbe¬kis¬-ton Respub¬li¬kasi Prezidentining “2020-2030 yillar¬da avtomobil yo‘l¬larini rivoj-lan¬ti¬rish Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risi¬da”¬gi qarorini (ID-20825) tayyor¬lashda foyda¬lanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Innovatsion rivojlanish va¬zir¬¬li¬gining 2020 yil 15 sentya¬brdagi 03-32/3454-son ma’lu¬mot¬nomasi). Ushbu yondashuvni amaliyotga jo¬riy etilishi mah¬sulotlarning trans¬port yuk¬la¬masidan kelib-chiqib, harajat¬larni op¬ti¬mal¬lashtirishga va ishlab chiqa¬rish quv¬vat¬larini to‘g‘ri joylash¬ti¬rishga xizmat qilgan;
 yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarning raqobatbar¬dosh¬ligini baholash uslubiyoti “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan boshqaruv, investisiya, innovatsiya va ijtimoiy siyosatini shakllantirishda “2020 yilgacha rivojlanishning strategik rejalarini” ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 8 avgustda 04/2459-20-son ma’lumotnomasi). Mavjud uslubiyot temir yo‘l korxonalaridagi tizimli muammolar, mavjud to‘siqlarni baholash,  ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlashga xizmat qilgan. Natijada o‘rtacha yiliga mehnat  unumdorligini  3,7 foizga oshirish, yuk ortish  va tushirish xarajatlarini 1,6 foizga kamay¬tirishga erishilgan;
kelajakda rivojlantirish kerak bulgan yangi tranzit yo‘llari bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyasi (Bosh sxema 2050)” loyixani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 15 sentya¬brdagi 03-32/3454-son ma’lu¬mot¬nomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi temir yul xarajatlarini 2,0 martagacha kamayishiga olib kelgan;
2035 yilgacha O‘zbekistonda transport tizi¬mini rivojlantirishni ko‘p variant¬li prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘al-likni qisqartirish vazir¬ligi tomonidan transport va makroiqtisodiyot bog‘likni ko‘zda tutgan holda “2030 yilgacha transport tizimini rivoj¬lan¬ti¬rish Strategiyasi” lo¬yi¬hasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘al¬likni qisqartirish vazir¬ligining 2020 yil 14 sen¬tyabrdagi 06/18-01-13/¬20-¬469-son ma’lumotnomasi), O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Transport – 2035: Sertifikatsiyalash”, “Transport – 2035: Axborot tizim”, “Transport – 2035: Ijtimoiy siyosat” loyixalarida ishlatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil                 15 sentya¬brdagi 03-32/3454-son ma’lu¬mot¬nomasi). Ushbu prognoz parametrlarini amalga oshi¬ri¬lishi trans¬¬¬port tizimini ijti¬mo¬iy-iqti¬so¬diy rivoj-la¬nishini ta’¬min¬lash bilan muvoza¬natlash, yalpi ichki maxsulotni barqaror o‘sishini va eksport hajmini oshirishni ta’minlash uchun keng imkon yaratadi.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish