Rustamov Baxtiyor Suvonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kurka gel`mintozlari va gistomonozining epizootologiyasi hamda ularga qarshi kurashish tadbirlarini takomillashtirish», 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.3.PhD/V43.
Ilmiy rahbar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Oripov Anvar Oripovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Nasimov Shuxrat Naimovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand va Jizzax viloyati sharoitida parrandachilik xo‘jaliklarida kurkalar gel`mintozi va gistomonozining epizootologik holatini, kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarning tarqalishini aniqlash hamda ular chaqiradigan kasalliklarga qarshi kurashish, oldini olish va davolash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kurka gel`mintozlari va gistomonozining qo‘zg‘atuvchilari, ushbu invaziyalarni tarqalishi va mavsumiy dinamikasi aniqlangan;
kurka gistomonoziga tashxis qo‘yishda «ezilgan tomchi» usuli qo‘llanilib, uni boshqa protozoozlardan differensiallash uslubi takomillashtirilgan;
kurka askaridiozini davolashda «Panafenb» antigel`mintigi 40 mg/kg miqdorda omixta emga qo‘shib berilganda yuqori samara berishi aniqlangan;
kurka jo‘jalari gistomonozini davolashda «Metronidazol» (0,5 gr 1 kg omixta emga) va «Biosupervet Neo» (0,5 ml 1 litr suvga) birgalikda qo‘llanilganda davolovchi samaradorligi yuqori ekanligi tajribalarda isbotlanib, davolash muolajalari takomillashtirilgan;
kurka gistomonoziga qarshi ishlab chiqilgan kompleks davolash usulini qo‘llash evaziga davolash muddatini 10 kundan 7 kunga qisqarishiga erishilgan va samaradorlik 98% ni tashkil qilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kurka gel`mintozlari va gistomonozini epizootologiyasi hamda ularga qarshi kurashish tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Kurkalar gistomonozini diagnostikasi, davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ko‘rkachilik xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi №02/23-344-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash evaziga kurkalarni gistomonoz bilan invaziyalanishining oldini olishga erishilgan;
kurka askaridiozini davolash va oldini olish uchun panafenb antigel`mintigini (40 mg/kg miqdorda omixta em bilan) qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi №02/23-344-son ma’lumotnomasi). Natijada kurkalarni askaridioziga qarshi kurash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
kurka gistomonozini davolashda 1-2 oylik kurka jo‘jalariga metronidazol (0,5 gr 1 kg omixta emga) va biosupervet neo (0,5 ml 1 litr suvga) birgalikda qo‘llash, kompleks usuli ishlab chiqilgan hamda Samarqand va Jizzax viloyatlarining kurkachilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi №02/23-344-son ma’lumotnomasi). Ushbu kompleks davolash usulini qo‘llanilishi evaziga, sarflangan 1 so‘m xarajat hisobiga iqtisodiy samaradorlik 12,0 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish