Kurbanov Feruz Enatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyati sharoitida karpsimon baliqlar ligulidozlarining epizootologiyasi, davolash va profilaktika chora tadbirlari», 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.4.PhD/V35.
Ilmiy rahbar: Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Mansur Arziqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlanov Sabirjon Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sun’iy va tabiiy suv havzalarida urchitilayotgan karpsimonlar (Syprinidae) oilasiga mansub baliqlar ligulidozlarining tarqalishi, epizootologiyasi, davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyati sharoitida karpsimonlar (Syprinidae) oilasiga mansub baliqlar ligulidozlarining epizootologik holati aniqlangan;
baliq ligulidozlarini tarqalishi bioekologik omillar, yil fasllari va ularning yoshiga bog‘liq holda kechishi isbotlangan;
baliq ligulidozlariga qarshi «Monezol», «Prazikvantel`» yoki «Panafenb» preparatlarini yiliga ikki marotaba baliqlarning ozuqasiga 03 mg/kg miqdorida (bahor va kuz oylarida) qo‘shib berish usuli ishlab chiqilgan;
baliq ligulidozlarini oraliq xo‘jayinlariga qarshi kurashishda suv havzalariga bahor va kuz oylarida sondirilgan ohak va mis kuporosi aralashmasi hamda kal`siy gipoxlorid bilan ishlov berilganda yuqori samara berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyati sharoitida karpsimon baliqlar ligulidozlarining epizootologiyasi, davolash va profilaktika chora tadbirlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Baliqlar sestodozlarining diagnostikasi, epizootologiyasi, davolash va profilaktika chora-tadbirlari» va «Baliqlarni laboratoriya tekshirishlari» bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilib, baliqchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 16 noyabrdagi №02/23-382-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash natijasida baliqlarning ligulidozlarini barvaqt diagnostika qilish, davolash va oldini olish usullarini qo‘llash orqali baliq gel`mintozlarini keskin kamayishiga erishilgan;
baliqlar ligulidozlariga qarshi kurashish va oldini olishda «Monezol», «Prazikvantel» yoki «Panafenb» preparatlarini baliqning 1 kg tirik vazni hisobiga 0,3 mg miqdorida ozuqasiga qo‘shib, bir yilda ikki marotaba (bahor va kuzda) qo‘llash usuli baliqchilik xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 16 noyabrdagi №02/23-382-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqlarning ligulidozlariga qarshi qo‘llanilgan preparatlarning samaradorligi 72-100% ni tashkil qilib, sarflangan bir so‘m xarajatning iqtisodiy samaradorligi 85,09 so‘mni tashkil qilgan.