Xurramov Navruzbek Ibraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ): «Kuydirilmagan Markaziy Qizilqum fosforitlaridan ekstraksion fosfor kislotasi olishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1920.
Ilmiy rahbar: Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori; Madenov Berdimurat Dauletmuratovich, texnika fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqumning past navli va kuydirilmagan fosforitlaridan konsentrlangan fosfor kislotasi olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor MQ KYuQK dan EFK olish imkoniyati isbotlandi va jarayonning texno-analitik parametrlariga ekstraksiyani texnologik parametrlarining ta’siri bog‘liqligi aniqlangan;
nitrat kislotali parchalash yo‘li bilan MQ past navli fosforitlaridan toza fosfor kislotasini hamda bosqichli ammiaklash orqali dikal`siy fosfatni olishning va ularni sul`fat kislotali parchalashdan so‘ng olingan toza fosfor kislotalarini ekstraksiyalashning ilmiy asoslari yaratilgan;
dikal`siy fosfatni sul`fat, aylanma TFK va bo‘tana yordamida parchalash yo‘li bilan toza fosfor kislotasi olish jarayoni aniqlangan;
KYuQK va DKFdan R2O5 konsentratsiyasi 45 va 72% bo‘lgan bug‘latilgan fosfor kislotalarini olish jarayonining ilmiy ma’lumotlari asosida past konsentratsiyali fosfor kislotalarni konsentratsiyalash jarayonining nazariy asoslari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kuydirilmagan MQ fosforitlaridan ekstraksion fosfor kislotasi olishning intensiv texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ozuqa presipitati olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (IAP 06592, 2021 y.). Natijada, MQning past navli fosforitlaridan toza dikal`siyiy fosfat olish imkonini bergan;
kuydirilmagan MQ fosforitlaridan EFK olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2021 yil 16 noyabrdagi 217-son ma’lumotnomasi). Natajada, xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan birikmalar tarkibini kengaytirish va shu orqali mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyolardan birini olish imkonini bergan;
past navli MQ fosforitlaridan toza dikal`siy fosfat olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJda amaliyotga joriy qilingan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2021 yil 16 noyabrdagi 217-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘itlik xususiyatiga ega N-12,15 %; P2O5–15,1 % va CaO-25,5 % tarkibli kal`siy va ammoniy fosfatlar hamda kal`siy moduli 0,82 ga teng bo‘lgan ftorisizlangan dikal`siy fosfat olish imkonini bergan.