Xojimetov Davronbek Shuxratbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n ikki barmoqli ichak yarasi jarrohligida anastomozitni davolash va oldini olishning taktik va texnik jixatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib1979.
Ilmiy rahbar: Nishanov Murodjon Foziljonovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori professor; Kosimov Adxam Lutfillaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy past energiyali lazer ta’sirini qo‘llash usulini takomillashtirish orqali oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakdagi turli aralashuvlardan so‘ng anastomozit rivojlanishini oldini olish va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikilgan gastrotomik jaroxat sohasida past energiyali lazer nurlantirish seanslarini o‘tkazish shilliq qavatdagi mahalliy yallig‘lanish hodisalari regressiyasining tezlashishiga yordam berishi va keyinchalik chandiqli transformatsiya shakllanishi jarayonlari intensivligini pasaytirishi tajribada aniqlangan;
gastrotomik jaroxat sohasiga lazer ta’sir ko‘rsatish regeneratsiya jarayonining barcha bosqichlarini rag‘batlantirishga, mahalliy yallig‘lanish reaksiyalarini kamaytirishga yordam berishi, mahalliy immunitet tizimini bevosita faollashishini va mikrotsirkulyasiyani yaxshilashni ta’minlashi isbotlangan;
tashrixdan keyingi erta davrda gipertenziya belgilari rivojlanishini oldini olish va anastomoz sohasida yoki tikilgan o‘n ikki barmoqli ichak devoridagi yallig‘lanishli o‘zgarishlarning og‘irlik darajasini kamaytirish uchun adekvat dekompressiyaga erishishga qaratilgan nazogastroduodenal zondlash va oshqozon lavaji usuli takomillashtirilgan;
mahalliy endoskopik va teri orqali nurlantirish orqali yallig‘lanish jarayoni sohasiga ikki turdagi kam energiyali lazer ta’sir ko‘rsatish bilan tavsiflanuvchi oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakdagi xirurgik aralashuvlardan so‘nggi kechki anastomozitni davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakdagi turli xil aralashuvlardan keyin anastomozit rivojlanishini oldini olish va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anastomozitlarni davolash va oldini olishni maqbullashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘n ikki barmoqli ichak yarka kasalligi xirurgiyasida anastomozitlarni oldini olish va davolashning taktik-texnik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/514 sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi asoratlari bo‘yicha turli xil aralashuvlardan so‘ng anastomozitlarni oldini olish va davolashga taktik yondashuvlarni maqbullashtirishga imkon bergan;
«Nazogastroduodenal zondlash va oshqozon lavaji usuli» takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/514 sonli ma’lumotnomasi). Nazogastroduodenal zondlashning tavsiya etilgan usulidan foydalanish anastomoz yoki o‘n ikki barmoqli ichakning tikilgan devori tomonidan kelib chiquvchi o‘ziga xos mahalliy asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytirishga, shuningdek antiseptik eritmalar bilan ahamiyatli soxalarda enteral lavaj o‘tkazish imkonini bergan;
«Anastomozit rivojlanishini oldini olish va davolash usuli» takomillashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/514 sonli ma’lumotnomasi). Endoskopik va teri orqali nurlantirish orqali past energiyali lazer ta’sir ko‘rsatishning taklif etilgan usuli anastomozit rivojlanishini davolash va oldini olish samaradorligini oshirishga, o‘ziga xos asoratlarni kamaytirishga, shuningdek, shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining xirurgiya bo‘limlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/514 sonli ma’lumotnomasi). O‘n ikki barmoqli ichak yarka kasalligi xirurgiyasida anastomozitlarni oldini olish va davolashning taktik-texnik jihatlari klinik ahamiyatli bo‘lgan asoratlar shakli rivojlanish chastotasini 8,2% dan 1,7% gacha pasaytirishga, shuningdek gospital muddat davomiyligini 12,3±2,5 dan 10,5±2,0 kungacha kamaytirishga imkon bergan.