Xolboeva Gulhayo Xolboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faolligini noan’anaviy jismoniy mashqlar vositasi yordamida takomillashtirish (gimnastika mashqlari misolida)”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped827.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Haydarov Baxtiyor Tojievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Xankel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xolmurodov Laziz Zarifboevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noan’anaviy gimnastika vositalari yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faolligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faolligini oshirish uchun tayanch-harakat tizimidagi mushaklarni (bo‘g‘inlar va boylamlar) rivojlanganlik darajalaridan kelib chiqqan holda muvozanat saqlash hamda reablitatsiyaga yo‘naltirilgan noan’anaviy automanual gimnastika mashqlarini tana qismlariga tanlab yo‘naltirish hisobiga yoshga mos harakat ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy faollik darajasini inobatga olib individual yondoshuv orqali mushaklar harakatchaligini uyg‘un tarbiyalashga qaratilgan logoritmik gimnastikada nutq va harakatni bir xil ritm hamda tempda bajartirish hisobiga bolalar aerobika mashg‘ulotlaridan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar organizmining funksional va adaptiv imkoniyatlaridan kelib chiqib statik rejimda umurtqa pog‘onasi mushak qayishqoqligini rivojlantirishga qaratilgan spring elastika mikromashg‘ulotlarini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida tezkor korreksiyalash uslubiyati takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni mushak elastikligini oshirish uchun diqqatni jamlash, mashqlar orasida muvozanat saqlash intervalini uzaytirish darajasidan kelib chiqib “Hatha” yoga asanalari mashqlarida harakatni assimetrik va asinxron yo‘nalishini kiritish hisobiga harakat faolligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faolligini oshirish uchun ishlab chiqilgan mashqlar asosida:
reablitatsiyaga yo‘naltirilgan noan’anaviy (automanual) gimnastika vositalarini tana qismlariga tanlab yo‘naltirish bo‘yicha takliflar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020 yil 29 fevraldagi 7-son qaroriga asosan 140 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada 3-7 yoshli bolalarning harakat faolligi ko‘rsatkichlari 11,32% ga ortgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda mushaklarni harakatchanligini uyg‘un tarbiyalashga qaratilgan logoritmik gimnastika, bolalar aerobikasi mashg‘ulotlari tashkil qilish bo‘yicha takliflar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020 yil 29 sentyabrdagi 2-son qaroriga asosan 217 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bolalarning jismoniy sifatlari 14-16% ga yaxshilangan;
maktabgacha yoshdagi bolalar organizmining funksional va adaptiv imkoniyatlaridan kelib chiqib statik rejimda spring elastika mikromashg‘ulotlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2020 yil 29 fevraldagi 7-son qaroriga asosan 140 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bolalarning egiluvchanlik imkoniyatlari 18% ga yaxshilangan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni “Hatha” yoga asanalari vositasida harakatni assimetrik va asinxron yo‘nalishini kiritish bo‘yicha takliflar asosida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Yosh gimnastikachilar” jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha umumiy rivojlanish dasturi amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 9 martdagi 03-07-08-846-son ma’lumotnomasi). Natijada 6-7 yoshli bolalarda funksional ko‘rsatkichlar-5,46% ga rivojlangan.